228
qo‘yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi. Ekspeditor mahsulotni transport
tashkilotiga topshirib undan yukni qabul qilib olganligi to‘g‘risida kvitansiya oladi.
Mahsulot jo‘natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruq – nakladnoyini va transport
tashkilotining kvitansiyasini mol oluvchining nomiga to‘lov talabnoma – topshiriq
yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. Shu bilan bir vaqtda
schyot – faktura ham yoziladi.
Тo‘lov talabnomasida jo‘natilgan
tovarning assortimenti, miqdori, sotish
(shartnoma) bahosi va qiymati ko‘rsatiladi, bunday holda schyot faktura to‘lov
talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak.
Тo‘lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot – fakturaga
asosan yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o‘tkazib berishi to‘g‘risida mol
yuboruvchining bankka bergan buyrug‘i bo‘lib hisoblanadi. Schyot – faktura yoki
to‘lov talabnomasininig alohida qatorida mol oluvchilar tomonidan to‘lanadigan idish
va o‘rama qiymati hamda temir yo‘l tarifi ko‘rsatiladi.
Ayrim hollarda mol
yuboruvchining to‘laydigan temir yo‘l tarifi to‘lanmalar summasiga qo‘shilishi
mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko‘rsatiladi.
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada mol
yuboruvchi mahsulotni qaysi joy (franko – joy) gacha yetkazib berish xarajatlarini
o‘z hisobiga olishi to‘g‘risida kelishib olinadi.
Franko – joyni quyidagi turlari mavjud:
mol yuboruvchining franko – ombori – bunda mol yuboruvchi korxona
mahsulot
yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar (ombordagi, temir yo‘l bekatidagi,
yuklash – tushirish ishlar qiymati, tashish qiymati va temir yo‘l tarifi) to‘lov –
talabnomasiga qo‘shiladi;
-
franko – yuklab jo‘natish bekati – bunda mol yuboruvchi to‘lov – talabnomaga
temir yo‘l tarifini va mahsulotni vagonga yuklash xarajatlari summasini qo‘shadi;
-
franko – vagon tayinlanish bekati – bunda mol yuboruvchi to‘lov –
talabnomaga faqat temir yo‘l (yoki boshqa transport) tarifi summasini qo‘shadi;
-
franko – tayinlanish bekati – bunda temir yo‘l tarifi qo‘shilgan holda mahsulot
jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni mol yuboruvchi to‘laydi;
-
franko – mol oluvchining ombori – bunda yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar bilan
bir qatorda mol yuboruvchi mol oluvchining bekatidagi
va uning omboridagi
tushirish – yuklash ishlari, uning omboriga olib borish va boshqa ishlar qiymatini
to‘laydi.
O‘zbekistonda to‘lovning keng tarqalgan turi bo‘lib franko – vagon tayinlanish
bekati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: