O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

№ 
Ko‘rsatkichlar 
Reja 
Хaq. 
Farq 
Belgis
i* 
1. Тovarlarning aylanishi- ja‘mi 
860 
920 
60 

Shundan: 1-guruh 
320 
300 
-20 

2-guruh 
210 
230 
20 

3-guruh 
80 
90 
10 

4-guruh 
90 
105 
15 

5-guruh 
75 
95 
20 

6-guruh 
85 
100 
15 

2. Sotib olish bahosi- ja‘mi 
610 
680 
70 

Shundan: 1-guruh 
240 
272 
32 

2-guruh 
160 
184 
24 

3-guruh 
55 
62 


4-guruh 
60 
66 


5-guruh 
40 
43 


6-guruh 
55 
53 
-2 

3. Yalpi daromad- ja‘mi (1-2) 
250 
240 
-10 

Shundan: 1-guruh 
80 
28 
-52 

2-guruh 
50 
46 
-4 

3-guruh 
25 
28 


4-guruh 
30 
49 
19 

5-guruh 
35 
52 
17 

6-guruh 
30 
47 
17 

4. Muomala xarajatlari- ja‘mi 
180 
160 
-20 

Shu jumladan: 
mehnat xaqi sarfi 
60 
55 
-5 

mehnat xaqi jamg‘armasidan ajratma 
24 
22 
-2 

ijara to‘lovi 
15 
15 


litsenziya to‘lovi 
10 
10 


AV va NMA eskirishi 
20 
20 


reklama sarfi 
19 
18 
-1 

idora sarfi 
22 
22 


boshqa sarflar 
14 
12 
-2 

5. Foyda yoki zarar (3-4) 
70 
80 
10 

* I-ijobiy, S-salbiy 


222 
Hisobotdan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan oyda do‘kon budjet ko‘rsatkichlarining 
hamma parametrlari bo‘yicha rejani bajargan. Oy davomida rejalashtirilgan 70000 
so‘m foyda o‘rniga 80000 so‘m foyda olgan. Ushbu 10000 so‘m ortiqcha foyda 
do‘kon direktorining nazorat qiladigan sarflarga to‘g‘ri ta‘sir qilishining natijasi 
hisoblanadi. Тasdiqlangan budjetga asosan mart oyida do‘konning muomala 
xarajatlari 180000 so‘m qilib belgilangan. Haqiqatda esa 160000 so‘m sarflanib 
20000 so‘m tejalgan. Lekin foyda bo‘yicha budjet topshirig‘i esa faqat 10000 so‘mga 
ortiqcha bajarilgan. Chunki bunga yalpi daromad reja-ko‘rsatkichining bajarilmasligi 
sabab bo‘lgan (240000-250000 = 10000). 
Mart oyida tovarlarning aylanishi rejalashtirilganga (920-860) nisbatan 60000 
so‘mga oshdi. Natijada yalpi daromad bo‘yicha rejaning bajarilmasligi quyidagi 
sabablarning ta‘sirida sodir bo‘lishi mumkin: mart oyida sotilgan tovarlarning sotib 
olish bahosi rejalashtirilgan bahoga nisbatan oshiq bo‘lgan; do‘konlarda sotilgan 
tovarlarning ichida past darajada ustama qo‘yilgan tovarlar ko‘p hajmni tashkil 
qilgan. 
Demak, 1-sabab ushbu do‘kon direktorning qaroriga bog‘liq emas, balki bu 
tashqi omil, ya‘ni tartibga keltirilmaydigan sarflar hisoblansa, ikkinchi sababni esa 
direktorning o‘zi nazorat qilishi mumkin edi, chunki ustama qo‘yish masalasini 
do‘konning direktori yecha oladi. Direktorning faoliyatini baholash jarayonida ushbu 
sabablar va ularning isboti inobatga olinishi lozim. 
Хulosa qilganda har bir do‘kon faoliyatining samaradorligi tovarlarning 
aylanishi hajmining ko‘rsatkichi bilan baholanadi. Lekin ushbu baholash xolis 
hususiyatga ega bo‘lishi lozim. Hayotdan ma‘lumki, aholi zich joylashgan va harakat 
qiladigan joylardagi do‘konlarda savdo-sotiq nisbatan ko‘p amalga oshiriladi. Bundan 
tashqari, tovarlarni sotish hajmi tovarlarning turi, ularga talab va savdo 
litsenziyasining mavjudligiga ham bog‘liq. Shunga o‘xshagan masalalarni asosan 
kompaniyaning bosh direktori yechadi va bu omillar do‘kon direktori faoliyatining 
sifati bilan bog‘liq emas. Natijada ushbu omillar u yoki bu do‘konning budjeti 
shakllantirilayotganda va uning faoliyati baholanayotganda hisobga olinishi lozim. 
Ushbu yuqorida tasnif berilgan va yoritilgan baholash chegaralari moliyaviy 
chegaralarga kiradi. 
Faoliyatini baholashning nomoliyaviy chegaralariga esa xizmat qilishning sifati, 
sotuvchilarning xushmuomala va chaqqonligi kiradi. Chunki ushbu xatti harakatlari 
bilan sotuvchilar do‘kondan xaridorlarni quruq chiqarmay u yoki bu tovarni sotib 
olishga undaydilar. Markaziy idora va omborlar faoliyatining natijasini baholash 
tartibi foyda markazlarining faoliyatini baholash kabi belgilanadi. Quyida mart oyida 
markaziy idoraning xarajatlar bo‘yicha tuzilgan budjetining bajarilishi bo‘yicha 
hisoboti keltirilgan (9.11-jadvalga qarang). 
B- buxgalteriya, K-kompyuter bo‘limi, Т- ta‘minot bo‘limi, M- ko‘chmas mulk 
bo‘limi, S- sotish bo‘limi. 
Хarajat markazlarining xodimlarini rag‘batlantirish uchun esa ularning shaxsiy 
faoliyati, qo‘shgan xissasi, ijrochilik qobiliyati, madaniyati e‘tiborga olinadi. 
Rag‘batlantirishlar pul ko‘rinishida- mukofot, dam olish uylariga va davolashga 
bepul yo‘llanma, sayohat, xizmat lavozimining pog‘onasidan ko‘tarilish ko‘rinishida 
bo‘ladi.


223 
Hisobotda sarflangan xarajatlar to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilganligi uchun «
+
» 
belgisi ijobiy va «-» belgisi salbiy holatlarni bildiradi. Mart oyida kompaniyaning 
ma‘muriyati tomonidan sarflangan xarajatlarning budjetga nisbatan 160000 so‘mga 
tejalgani ko‘rinib turibdi. Ushbu ko‘rinishdagi tuzilgan va taqdim qilingan hisobotda 
xarajatlar uning turlari- moddalari bo‘yicha nazorat qilishdan tashqari har bir 
mas‘uliyat markazlari bo‘yicha ham nazorat va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
9.11-jadval 
Kompaniya idorasining mart oyidagi budjetining bajarilishi bo‘yicha hisobot 
(ming so‘m) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin