229
chiqarilgan mahsulotlarning jami reja, sotish narxi bo‘yicha va haqiqiy tannarxi
bo‘yicha baholanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxi bilan reja
tannarxini taqqoslab tejalganmi yoki
ortiqcha xarajat qilinganmi, shunga qarab
korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi ish natijasiga baho beriladi. Shu yerning
o‘zida mahsulotlar jo‘natish (sotish, shartnoma) narxida ham baholanadi,
bu esa
mahsulotlar sotilgandan so‘ng olinishi mumkin bo‘lgan tushum va foydani aniqlash
imkonini beradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 10/1 jurnal – orderining 2810 -
«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish»
schyotini krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
schyoti aktiv inventar schyoti bo‘lib, uning saldosi korxonaning ombordagi
mahsulotlar qoldig‘ining haqiqiy tannarxini ko‘rsatadi; debet oboroti – asosiy ishlab
chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini, shuningdek mol
oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini, kredit oboroti hisobot oyida
yuklab jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko‘rsatadi.
Тayyor mahsulotlar harakatini pul ko‘rsatkichdagi hisobi 16-«Тayyor buyumlar
harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
16- «Тayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I
bo‘limidan 2810 schyotning to‘liq ma‘lumotlari ta‘rifini ikki bahoda –
haqiqiy va
hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo‘lgan tayyor mahsulotlarning umumiy
hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog‘ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning
kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga
teng bo‘lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam
bo‘lsa, korxona mahsulot
tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni
sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo‘lsa,
korxona kalkulatsiya moddalari bo‘yicha me‘yorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga
yo‘l qo‘yganligini va bu o‘z
navbatida, foydani kamaytirganligini ko‘rsatadi.
Shu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga
bo‘lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo‘natilgan,
xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy
tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati
shundaki, uni Bosh
daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni
hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Тayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida
yuritiladi ya‘ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning
ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Тayyor
mahsulotlarni kirimi va
chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar miqdorini
(kirim, chiqim) yozib qo‘yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig‘i chiqariladi.
O‘tgan sutka ichida omborda yig‘ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish
nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni buxgalter har
kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilishi buxgalterning ombor
hisobi kartochkasiga qo‘yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor
mahsulotlar nomenklaturalari, o‘lchov birligi, miqdorini ko‘rsatib tayyor mahsulotlar
230
qoldig‘ini hisobga olish qaydnomasini to‘ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi.
Buxgalteriyada hisob bahosi bo‘yicha taksirovka qilinadi va buxgalteriya
ma‘lumotlari (16- qaydnomaning I- bo‘limi) bilan solishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: