O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


V-bob. Og’ir beton tarkibini loyihalash



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
 V-bob. Og’ir beton tarkibini loyihalash 
5. 1. Beton tarkibini aniqlash usulining asosiy qoidalari 
 
Beton tarkibi loyihalanganda ishlatiladigan materiallar o’rtasidagi nisbat 
shunday topilishi kerakki, natijada, tayyorlash texnologiyasi ham nazarda 
tutilganda, konstruktsiyadagi betonning mustahkamligi, beton qorishmasining 
harakatchanligi va betonning tejamli bo’lishi (tsement sarfini minimal kamaytirish) 
kafolatlanishi lozim.
Beton tarkibini aniqlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) konstruktsiyaning 
turi, qanday sharoitda ishlatilishi va tayyorlanish usulidan kelib chiqqan holda 
betonga qo’yiladigan talabni belgilash; b) beton uchun material tanlash va 
ularning xususiyati bo’yicha kerakli ma’lumotni olish; v) betonning birlamchi 
tarkibini aniqlash; g) namuna uchun qorilgan beton tarkibini tekshirish; d) beton 
tayyorlashni nazorat qilish; e) tayyorlash vaqti, to’ldiruvchilar xususiyati va 
boshqa omillar o’zgarganda uning tarkibiga tuzatishlar kiritish.
Beton tarkibini birlamchi aniqlash beton mustahkamligining sement faolligi, 
suv-tsement omili, ishlatiladigan materiallarning sifati, beton qorishmasi 
harakatchanligining suv sarfi va boshqa omillarga bog’liq bo’lishi asosida amalga 
oshiriladi.
Beton xususiyatlari va beton qorishmasining uning tarkibiga qay darajada 
bog’liq еkanligini aniq belgilash uchun, agar imkon bo’lsa, dastlabki sinov ishlari 
o’tkaziladi. Bu holda tajribani rejalashtirish va uning natijalarini o’rganishning 
matematik usullarini ishlatish tavsiya еtiladi.
Beton mustahkamligiga qanday talab qo’yilganligi ish chizmalarida 
ko’rsatiladi. Beton qorishmasining harakatchanligi (bikirligi) konstruktsiyaning 
o’lchami, armaturalarning qalinligi, beton quyish va uni joylashtirish usullaridan 
kelib chiqqan holda belgilanadi (5. 1-jadval). 5. 1-jadvalda betonning bikirligi 
standart konus va texnik viskozimetrlarda ko’rsatilgan.
Tarkibidagi sement miqdori etarli bo’lgandagina beton qorishmasining 
joylanishi oson bo’ladi. Sement miqdorining belgilangan darajadan kam bo’lishi 


74 
beton qorishmasining ajralishi, unda mikro bo’shliqlar paydo bo’lishi va xizmat 
muddatining kamayishi xavfini oshiradi.
Beton qorishmasining harakatchan va mustahkam bo’lishiga talablar 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin