O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


IV-bob. Beton strukturasining hosil qilinishi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
IV-bob. Beton strukturasining hosil qilinishi 
 4. 1. Beton strukturasining shakllanishi 
 
Beton strukturasi beton qorishmasining qotishi natijasida shakllanadi. Uning 
qoliplashiga sementning tishlashishi va qotishi hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
TSement suv bilan aralshtirilgandan so’ng boshlang’ich davrda uch kal’tsiyli 
silikat gidrolizi jarayonida kal’tsiy gidroksidi ajralib, to’ydirilgan qorishma hosil 
qiladi. Bu qorishmada sul’fat, gidrooksid va ishqor ionlari, shuningdek oz 
miqdordagi kremnezem, glinozem va temir moddalari mavjud bo’ladi. Kal’tsiy va 
sul’fat ionlarining yuqori kontsentratsiyasi qorishtirishdan keyin qisqa vaqtda 
kuzatiladi, chunki bir necha daqiqa mobaynida yangi paydo bo’ladigan moddalar – 
kal’tsiy gidrookisi va еttringit cho’ka boshlaydi.
Taxminan bir soatdan keyin gidratatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanadi
unda juda mayda kal’tsiy gidrosilikatlarning qoliplashi kuzatiladi. Reaktsiyada 
faqat sement zarralarining ustki qatlamlarining ishtirok еtishi natijasida qaytadan 
yuzaga keluvchi gidrat fazalar juda nozik granulometriya bilan harakterlanadi
sement zarralari o’lchami kam o’zgaradi. Yangi paydo bo’lgan moddalar miqdori 
va zichligining ortishi bilan uning chegaraviy qatlami taxminan 2-6 soat ichida 
kam suv o’tkazuvchan bo’ladi. Susaygan gidratatsiyaning ikkinchi bosqichini 
sement gidratatsiyasining «yashirin davri» deb ataladi.
Gidratatsiya jarayonining uchinchi bosqichi kal’tsiy gidrookisining 
qorishmadan kristallashuvning boshlanishi bilan harakterlanadi.
Bu jarayon juda jadal kechadi. Kal’tsiy gidrosilikati va еttiringit g’ovaklar 
orqali o’tuvchi va mayda bo’laklarga ajratuvchi uzun tolalar shaklida o’sib chiqishi 
mumkin, shu tarzda sement toshining ―asosiy‖ strukturasi shakllanadi.
Gidratatsiya jarayonining to’rtinchi va beshinchi bosqichlari sementning 
to’liq gidratatsiyalanishuviga qadar sekin davom еtadigan reaktsiyalar bilan 
harakterlanadi. Bu bosqichlarda paydo bo’lgan g’ovaklarning gidratatsiya 
mahsulotlari bilan to’ldirilishi natijasida sement toshining g’ovakliligi o’zgaradi.
Qotgan sementli tosh strukturasi zichlanadi va oldin paydo bo’lgan еttringit 
monosul’fatga aylanishi mumkin.


69 
Beton xususiyatining o’zgarishi asosan sement gidratatsiyasi bilan 
belgilanadi, shuning uchun so’ngisi bu qonuniyatlarga hal qiluvchi ta’sir 
ko’rsatadi. Gidaratatsiya jarayoni etakchi hisoblanadi va uning kechish yo’nalishi 
beton strukturasi va xususiyatining o’zgarishini belgilaydi. Boshqa omillar 
(masalan, beton tarkibi, to’ldiruvchi xususiyati va boshqalar) beton strukturasi va 
xususiyatiga ta’sir ko’rsatsa-da, ikkilamchi hisoblanadi va muayyan ma’noda 
ularning sement gidratatsiyasi va sementli toshning strukturasini qoliplashiga 
ta’siri bilan belgilanadi. Beton xususiyatlari o’zgarishining vaqt ichida asta-sekin 
susayishi va ularning barqarorlashuvi sement gidratatsiyasi jarayonining borgan 
sari susayishi bilan ifodalanadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin