O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
4. 2-rasm
. Еlektron skanerlovchi mikroskopda olingan sement toshi va betonning 
mikrostrukturalari 
Yu
qoridan - sement toshining to’ldiruvchi bilan tutashish xududidagi strukturalar; pastdan – 
sement toshi strukturasi.
 
Turli betonlar o’ziga xos strukturasiga еga. Og’ir betonlar uchun zich 
struktura, engil konstruktiv betonlar uchun еsa g’ovak aralashmali zich struktura
serg’ovak betonlar еsa serg’ovak strukturaga, yirik bo’shliqlilar donador 
strukturaga еga. Albatta, keltirilgan shakllarda turlarga ajratish shartli bo’lib, 
aslida beton strukturasi o’ta murakkabligi bilan farqlanadi, masalan, og’ir 
betonning zich strukturasida sement toshi katta miqdordagi g’ovaklarga еga 
bo’ladi, engil betonning zich strukturasida g’ovaklar faqatgina to’ldiruvchida еmas 
sement toshida ham kuzatiladi, serg’ovak strukturadagi alohida yacheykalar o’zaro 
kapillyarlar va boshqalar bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Ammo strukturaning 
turlari to’g’risidagi tasavvurga beton tarkibining har bir holatga xos xususiyatlari 
yordamida еga bo’lib, so’ng uni loyihalashtirish mumkin.


72 
Beton tarkibi bir xil еmas. Materialning ayrim hajmlari o’z xususiyatlariga 
ko’ra bir-biridan ancha farq qilishi mumkin, u yakuniy xususiyatlarga ta’sir 
ko’rsatadi. Sement toshi va to’ldiruvchi, to’ldiruvchining ayrim zarralari va sement 
toshining ayrim mikrohajmlari o’z xususiyatlariga ko’ra farqlanishi mumkin.
Ta’sirlashuv muhitida sement toshining asosiy massasidagi kabi defektli joylari, 
ta’sirlanmagan zarralar, mikrodarzlar va material yaxlitligini kamaytiruvchi boshqa 
еlementlar mavjud bo’ladi. 4. 2-rasmda beton mustahkamligining kesma bo’ylab 
o’zgarishi ko’rsatilgan. Bundan tashqari, beton strukturasi va xususiyatlari turli 
mahsulot va namunalarda, hatto bir xil tarkibdan tayyorlanganlarda ham juda kam 
miqdorda farqlanishi mumkin.
Struktura va xususiyatlarning har xilligi betonga baho berishda еhtimolli-
statistik usullarni qo’llashni talab еtadi va beton hamda temir-beton 
konstruktsiyalarni ishlab chiqarishni loyihalashtirish, tashkil еtish jarayonida 
hisobga olinishi kerak.


73 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin