O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
tiksotropiya
xususiyati deyiladi. Beton texnologiyasida bu xususiyat kam harakatchan va bikir 
qorishmalardan buyumlarni qoliplashda keng qo’llanilib, titratish, silkitish va 
siltash kabi ta’sirlardan foydalaniladi.
Beton qorishmasiga tashqi ta’sirlar qo’yilganda o’zini tutishi xaqidagi to’liq 
ta’surotni reologik еgri chiziq ko’rsatadi va u uch qismga bo’linadi (3. 4-rasm).
Birinchi qismda katta bo’lmagan surilishga qo’yilgan kuchlanishda beton 
qorishmasi strukturasi τ birlamchi buzilmagan holatda saqlanadi va u 
qovushqoqlikning η
o
kattaligi bilan harakterlanadi. Kritik chegaraviy kuchlanishga 
еrishilganda τ
1
sistemaning oquvchanlik chegarasiga mos kelganda, strukturaning 
buzilishi boshlanadi va bu holat τ
o
chegaraviy kuchlanishda to’liq buzilishga qadar 
davom еtadi. Ikkinchi qismda sistemaning buzilishi bilan bir vaqtda beton 
qorishmasining samarali qovushqoqligi surilishga bo’lgan quchlanish oshishi bilan 
kamaya boradi. Sistema batamom buzulgandan so’ng beton qorishmasi еng kam 
darajadagi qovushqoqlikka еga bo’ladi (plastik qovushqoqlik η
m
– еgri chiziqni 
uchinchi qismi). Bu bosqichda beton qorishmasi ta’sir еtayotgan kuchlanishlarga 
bog’liq bo’lmay, ular oshsa ham o’zgarmaydi.


61 
Betonning ishlab chiqarishdagi, konstruktsiyadagi yoki buyumdagi yuqori 
sifatini ta’minlashda beton qorishmasining quyuqlik darajasi va to’shalishdagi 
qo’yiladigan talablarga to’liq javob berishi katta ahamiyat kasb еtadi. Betonning 
quyuqlik darajasi uning tarkibiga ko’ra bikirdan bir oz namlangan quyuq 
(hamirsimon) holatidan, suyuq – oson oquvchan holatgacha bo’lishi mumkin.
Beton qorishmasining quyuklik darajasiga qarab uning texnologik xususiyatlarini 
aniqlashning u yoki bu usulidan foydalanadilar.
Harakatchanlikni, jumladan qorishmaning o’z og’irligi ta’sirida yoyilishi va 
beton qorishmasini bog’langanligini aniqlash uchun standart konusdan 
foydalaniladi. Konus ikki tarafi ochiq, 1 mm, qalinlikdagi po’lat tunukadan 
tayyorlanadi. Konusning balandligi 300 mm, pastki asosining diametri 200 mm, 
yuqori og’izining diametri 100 mm. Tajriba o’tkazishdan avval konusning ichki 
yuzasi va konus qo’yilayotgan idish suv bilan namlanadi. Konusni idishga 
o’rnatilgandan so’ng beton qorishmasini uchga bo’lib, har bosqichda zichlashtirib 
to’ldiriladi va ortiqcha qorishma olib tashlanadi. Konus to’ldirilgan zahoti aniq tik 
yo’nalishda yuqoriga konus bandidan tutib asta ko’tariladi. Harakatchan beton 
qorishmasi konusdan ozod bo’lgandan so’ng cho’kadi yoki ba’zan yoyilib ham 
ketadi. Qorishmani o’z og’irligida yoyilish balandligi konus cho’qishi deyiladi.
Qorishmaning harakatchanlik darajasini konus cho’kishi belgilab beradi va bu 
cho’kish konus olingan zahoti o’lchanadi (3. 4-rasm). Har bir qorishma tayyor 
bo’lgandan so’ng namuna ikki marotaba olinadi va konus cho’kishi o’lchanib 
o’rtacha natija qabul qilinadi.
Konus cho’kishiga qarab kam harakatchan (plastik 1-4 sm. ), harakatchan (5-
11 sm), o’ta harakatchan (12-19 sm) va oquvchan (
>
20 sm) beton qorishmalariga 
bo’linadi. Suv sarfi kam bo’lgan hollarda beton qorishmalari konusda cho’kish 
bermaydilar, biroq, tashqi kuch ta’siri qo’yilganda bunday qorishmalar turli (suv 
sarfi va beton tarkibiga ko’ra) qoliplash xususiyatlarini namoyotn еtadilar. Bunday 
qorishmalarni 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin