O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
3. 3-rasm
. Surilishdagi ko’chlanishga bog’liq holda qovushqoq plastik beton 
qorishmalari xususiyatlarining o’zgarishi 
a-tarkibiy qovushqoqlikning o’zgarishi; b-oquvchanlikdagi deformatsiyalanish 
tezligini o’zgarishi (α
0
va α
m
-sistemaning qovushqoqligini xarakterlovchi 
burchaklar). 
 
 
Beton qorishmasini to’liq baholash va beton va temir-beton buyumlarini va 
konstruktsiyalarini ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil еtish uchun qorishmaning 
boshqa xususiyatlarini ham bilish zarur, ularga quyidagilar kiradi: uning 
zichlashuvi, bir turliligi, qatlamlashuvchanligi, hajmining qotish jarayonida 
o’zgarishi, havo yutuvchanligi, birlamchi mustahkamligi (zudlik bilan qolipdan 
chiqariladigan bikir beton qorishmalari uchun).


58 
Beton qorishmasining o’ziga xosligi asosan uning xususiyatlari (aksariyat 
ko’p yoki oz jihatdan) tayyorlash boshlanishidan qotgunicha doimiy o’zgarib 
tarishi bo’lib, beton qorishmasida va betonda ketadigan murakkab fizikaviy-
kimyoviy jarayonlarga bog’liq.
Bu xususiyatlarga asosan sement hamirining miqdori va sifati o’z ta’sirini 
ko’rsatadi, chunki aynan sement hamirigina dispers sistema bo’lib, suyuq va qattiq 
fazalar orasida katta oraliqqa еgaligi va bunda molekulyar tishlashish kuchlarining 
kuchayishiga hamda sistemaning bog’langanligini oshishiga olib keladi. Beton 
qorishmasining xususiyatiga suv sarfi xal qiluvchi ta’sirga еga, chunki faqat suv 
butun sistema uchun harakterli bo’lgan bog’liqlik va harakatchanlikni beruvchi
hajm va suyuq fazaning tuzilishida hamda bog’lanish kuchlarini ortishida asosiy 
ahamiyat kasb еtadi.
Sementning gidratatsiyalanishi jarayonida (qotishdan avval) yanada ko’proq 
yangi tashkil topgan gelsimon gidrat bog’lanmalar yuzaga keladi va ular qattiq 
fazaning dispersligini oshishiga olib keladi. Ayni paytda bu jarayon beton 
qorishmasida sement hamirining elimlovchi va plastifikatsiyalovchi xususiyatlarini 
ham oshirib, uning bog’lovchilik ahamiyatini ko’taradi. Shu bilan birga beton 
qorishmasining harakatchanligi kamaya boradi.


59 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin