O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
3. 1-jadval 
Bog’lanish harakteri 
Bog’lanish yuzaga kelishining 
sharoit va sabablari 
Suvning taqribiy nisbiy miqdori, 
suvning umumiy miqdori % 
hisobida 
YAngi 
tayyorlangan 
qorishmada 
TSementning 
qotish davrida 
Kimyoviy (aniq 
miqdoriiy nisbatlarda) 
Qorishmadan gidratatsiya va 
kristallashuv 
1-2 
4-5 
Fizikaviy-kimyoviy, 
adsorbtsion 
Qattiq fazaning molekulyar kuch 
maydonida adsorbtsiya 
3-5 
20-25 
Mexanik, tuzilish 
Suvning ingichka kapillyarlar, 
yoriqlar va g’ovaklarni to’ldirishi 
93-95 
70-75 
Suvning kamroq qismi sement bilan kimyoviy ta’sirlashuvga kiradi va 
kimyoviy bog’langan holatda qoladi. Bu suvning nisbiy miqdori borgan sari o’sib 
boradi, biroq qotish vaqtida 5 %dan oshmaydi. Suvning boshqa qismi adsorbtsion 
kuchlar ta’sirida qattiq fazaning yuzasida fizikaviy-kimyoviy bog’lanishda bo’ladi.
Fizikaviy-kimyoviy bog’langan suvning miqdori ham odatda qattiq jismning 
nisbiy yuzasini ortishi bilan kuzatiladigan sementning giratatsiyasi jarayonida 
o’zgaradi. Yangi tayyorlangan sement hamirida bunday suvning miqdori 3-5% ni, 
qotish vaqtigacha еsa o’sib borib umumiy suv miqdoriining 25% gacha etadi. 
Sement hamiridagi asosiy suv miqdori donalar orasidagi muhitda joylashadi, bu 
g’ovaklar va oraliqlarning o’lchamlari 1 dan 50mkm gacha va undan ortiq o’zarishi 
mumkin. Sementning giratatsiyasi jarayonida kapillyar kuchlar ta’siri va gel paydo 
bo’lishi natijasida donalararo muhitda suv sement toshi bilan fizikaviy-kimyoviy 


54 
bog’lanadi. Odatda buni еrkin bog’lanish deb ataydilar, binobarin ular kimyoviy 
bog’lanmagan va qattiq fazaning xech qanday molekulyar kuchlari ta’sirida еmas.
Еrkin suvning nisbiy miqdori sement hamiri tayyorlangan zaxoti suvning umumiy 
hajmiga nisbatan 90%ni tashkil еtadi va qotish jarayoniga qadar 65-70% ga tushib 
ketadi. Aynan еrkin suvgina sement hamirining harakatchanligiga еng ko’p ta’sir 
ko’rsatadi.
Sement hamiri bilan to’ldiruvchining o’zaro nisbatiga ko’ra beton 
qorishmasini asosiy uch turga ajratish mumkin (3. 1-rasm). Bu turlarning har biri 
beton va temir-beton konstruktsiyalarini qoliplashda xususiyatlari va o’zini tutishi 
bilan ajralib turadi. Birinchi tur tuzilishidagi to’ldiruvchining donalari bir-biridan 
ahamiyatli masofaga ajralgan va umuman bir-biri bilan ta’sirlashmaydi. Donalar 
faqat sement hamirining tegib turgan xududiga ta’sir ko’rsatadi. Ular ta’sirining 
yig’indisi to’ldiruvchi donalarining miqdoriga va ularning solishtirma yuzalariga 
to’g’ri proportsional.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin