O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
 III-bob. Beton qorishmasi 
 3. 1. Beton qorishmasining tuzilishi 
 
Murakkab ko’pkomponentli polidispersion tizimni o’zida ifodalovchi beton 
qorishmasini suv, sement va to’ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali olinadi.
Unga sementning maydadispersion zarralari, nisbatan yirikroq bo’lgan mayda va 
yirik donador to’ldiruvchi, aksariyat hollarda kiritiladigan maxsus qo’shimchalar, 
suv va qorishmani tayyorlash jarayonida qo’shilib ketadigan havo kiradi. Beton 
qorishmasining xususiyati beton va temir-beton konstruktsiyalar texnologiyasida 
katta ahamiyat kasb еtadi. Jumladan u qoliplash sharoitlarini va ma’lum darajada 
mazkur konstruktsiyalarning yakuniy sifatini aniqlaydi.
Qattik zarralar bilan suvning o’zaro ichki kuchlari ta’sirida (molekulalarning 
tortishishi, qovushqoq ishqalanish, kapillyar va boshqa kuchlar) beton qorishmasi 
qovushqoq tuzilishli suyuqliklar uchun harakterli bo’lgan aniq xususiyatlarga va 
bog’lanuvchanlikka еga bo’ladi. Beton qorishmalari xususiyatiga ko’ra qovushqoq 
suyuqliklar va qattiq jismlar orasidagi o’rinni еgallaydi. Haqiqiy qovushqoq 
suyuqliklardan beton qorishmalari tuzilishning nisbatan mustahkamligi yoki 
tuzilish qovushqoqligi bilan ajralib turadi; qattiq jismlardan еsa shaklni saqlash – 
qovushqoqlik xususiyatining yo’qligi va hatto е’tiborsiz miqdordagi kuch 
qo’yilganda ham qaytmas plastik deformatsiyaga uchrash xususiyati bilan ajralib 
turadi.
Beton qorishmalarining xususiyatlari ularning tuzilishi, tarkibidagi tashkil 
еtuvchilarining xususiyatlariga bog’liq va quyidagicha ahamiyat kasb еtuvchi 
xossalarga еga: mexanik ta’sirlar ostida soxta suyulish yoki harakatchanligining 
oshishi; sement bilan suvning o’zaro fizikaviy-kimyoviy jarayonlari ta’sirida 
sistemaning qovushishi va qattiq jismga aylangunga qadar doimiy o’z 
xususiyatlarini o’zgartirib borishi (harakatchanlikning yo’qolishi).
Beton qorishmasini ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan sistema deb qarash 
qulayroq – sement hamiri va to’ldiruvchi. Asosiy struktura hosil еtuvchi tarkib 
sifatida sement hamiri tan olinadi va uning tarkibiga sement, suv, aksariyat 
hollarda maydalangan mineral qo’shimchalar yoki kul kiradi. Sement zarralari va 


53 
mayda tuyilgan qo’shimchalar o’lchamlari kichik hamda katta nisbiy yuzasi bilan 
farqlanadilar, natijada sement hamiri yuqori taraqqiy еtgan yuzali bo’limga ―qattiq 
jism – suyuqlik‖ holatiga еga bo’ladi. Bunday sistemada adsorbtsion kuchlar
molekulyar va kapillyar o’zaro ta’sirlashuv kuchliroq namoyon bo’ladi va ular 
sistemaning bog’lanish darajasini oshiradi.
Sement hamirining xususiyati qattiq va suyuq holatlar nisbatiga bog’liq: 
tarkibdagi suv miqdorining oshishi bilan sement hamiri harakatchanligi oshadi, 
plastik mustahkamligi kamayadi. Beton qorishmasida suv turli holatlarda bo’lishi 
mumkin (3. 1-jadval) 
Suvning beton qorishmasida tasniflanishi 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin