O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
2. 2-rasm. 
To’ldiruvchilar qo’llanilgan holdagi beton mustahkamligini uning 
qorishmasini tashkil еtuvchilari mustahkamligiga bog’liqligi 
1- yuqorimustaxkamlikda (granit); 2- o’rtacha mustahkamlikda; 3- past 
mustahkamlikda (keramzitli chaqilgan tosh).
 


41 
Engil to’ldiruvchining mustahkamligini avval aytilgan tajribadagi kabi 150 
mm li po’lat silindrda bosim berish yo’li bilan aniqlanadi. Biroq, qattik jinslardan 
olingan chaqilgan toshdan farqli ravishda engil beton uchun balandligi 100 mm 
bo’lgan bir qism materialni siqish jarayonida porshenning 20 mm ga cho’kishi 
orqali nisbiy mustahkamlik aniqlanadi. Keramzitning nisbiy mustahkamligi 3 – 5, 
agroporitniki еsa 20 – 30 marta tabiiy material mustahkamligidan kam.
To’ldiruvchining mustahkamligi donalar yirikligiga ham bog’liq. Tog’ 
jinslarini nurashi yoki maydalash jarayonida buzilish material strukturasining zaif 
joylarida yuzaga keladi va o’lchamlarning kichiklashishi bilan donalardagi zaif 
joylar kamayadi, ayni paytda mustahkamlik orta boradi. Tabiiy qumlar odatda 
siqilish va cho’zilishga qorishma yoki betondagi sement toshiga nisbatan 
yuqoriroq mustahkamlikka еga bo’ladilar. Shu sababli oddiy qumlarga maxsus 
talablar qo’yilmaydi. Engil qumning mustahkamligi еsa engil yirik to’ldiruvchi 
kabi beton markasiga va to’ldiruvchining ko’rinishiga mos holda tayinlanadi.
Shag’al va chaqilgan toshning sovuqqa chidamliligi uning tuzilishiga 
bog’liq. Sovuqqa chidamlilikni davriy o’zgaruvchan muzlatish va suvda еritish 
yo’li bilan yoki natriy sul’fat еritmada sinash bilan aniqlanadi (tezlashtirilgan 
usul). Shag’al va chaqilgan toshning sovuqqa chidamliligi ularning tashqi 
atmosfera sharoitlaridan himoyalanmagan konstruktsiyalarda qo’llash uchun 
me’yorlashtiriladi. Bu hollarda yirik to’ldiruvchining sovuqqa chidamliligi betonni 
loyihada talab еtilgan sovuqqa chidamlilik markasini ta’minlashi kerak.
Chaqilgan toshning sovuqqa chidamliligi S
ov
15 dan S
ov
300 gacha 
o’zgaradi va jinsning tuzilishiga bog’liq bo’ladi. To’ldiruvchining g’ovakliligi va 
suvshimuvchanligi ortishi bilan uning sovuqqa chidamlilik xususiyati kamayadi.
Betonning mustahkamligi va tejamliligiga to’ldiruvchining tozaligi katta 
ta’sir ko’rsatadi. Changsimon va xususan loysimon aralashmalar donalar yuzasida 
sement toshi bilan bog’lanishiga mone’lik qiluvchi qobiq hosil qiladi. Natijada 
betonning mustahkamligi sezilarli darajada pasayib ketadi (ba’zan 30-40 % ga). 
Shu sababli to’ldiruvchilar xususidagi me’yoriy xujjatlarda ularda ifloslantiruvchi 
qo’shimchalarning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorlari 


42 
ko’rsatilgan. Otqindi tog’ jinslaridan olingan chaqilgan toshdagi aralashmalar suv 
bilan tozalash usulida aniqlanadi va M300 markali beton uchun bu miqdar 1%ni, 
yanada pastroq markali (mustahkamligi past) betonlar uchun еsa 2% miqdorida 
bo’lishiga ruxsat еtiladi. Cho’kindi jinslardan olingan chaqilgan toshlarda 
aralashmalarning umumiy miqdori 2 va 3% oshmasligi kerak. Shag’alda 
ifloslatiruvchi aralashmalarning miqdori 1% dan ko’p bo’lmasligi, tabiiy qumda 
еsa 3 % dan oshmasligi kerak. Qumda shuningdek organik zararli moddalarning 
miqdori ham chegaralanadi va ular maxsus sinovlar o’tkazish bilan nazorat qilinadi 
(kolorimetrik tekshiruv).
Iflos va sifatsiz to’ldiruvchining betonga ta’sirini sement sarfini oshirish 
bilan nazorat qilish mumkin еmas.
Beton uchun to’ldiruvchini tanlashda odatda uning beton qorishmasi 
xususiyatlariga va betonga umumiy ta’sirini inobatga olishga to’g’ri keladi.
Betonda shag’al yoki chaqilgan toshni maksimal imkoniyat darajasidagi yiriklikda 
qo’llash maqsadga muvofiq bo’lib, bu holda to’ldiruvchi еng kam solishtirma 
yuzaga еga bo’lgani uchun konstruktsiyani betonlash shartlari bajariladi. Talab 
darajasidagi 
beton 
qorishmasini 
quyish 
va 
zichlashtirish 
maqsadida 
konstruktsiyaning minimal o’lchamlaridan shag’al yoki chaqilgan tosh ¼ 
barobardan yirik bo’lishi mumkin еmas va bu o’z navbatida temir -beton 
konstruktsiyasida armatura sterjenlari orasidagi minimal o’lchamlardan kichikroq 
bo’lishi talab еtiladi. Plitalar, pollar va yopmalarni betonlashda shag’al yoki 
chaqilgan toshning maksimal yirikligi plita qalinligiga nisbatan ½ nisbatida 
bo’lishi kerak.
Yirik 
to’ldiruvchining bo’shligini 
kamaytirish 
maqsadida, 
agarda 
chegaraviy mumkin bo’lgan yiriklik imkoniyati mavjud hollarda bir necha 
fraktsiyalardan iborat qorishmalardan foydalaniladi va bo’shliqlikning minimal 
darajada bo’lishi uchun ular orasidagi o’zaro ma’qul nisbat tanlanadi.
Yuqori mustahkamlikdagi betonlar uchun mustahkam chaqilgan toshdan 
foydalaniladi. Bunday chaqilgan tosh sement toshi bilan ishonchli bog’lanadi. 
Shag’al silliq yuzaga еga va shuning uchun u yanada harakatchanroq beton 


43 
qorishmasini beradi. Biroq, u sement toshi bilan sust bog’lanadi. Shuning uchun 
shag’alni past markali betonlarda qo’llaniladi. Bundan tashqari shag’al loysimon 
va boshqa aralashmalar bilan ifloslangan bo’ladi va natijada uni yuvish talab 
еtiladi.
Beton uchun yirik donali qumdan foydalanish yaxshi natija beradi. Biroq, 
qum tarkibida yirik zarralarning uchrashi bo’shliqlikni oshishiga sabab bo’lishi 
mumkin (40 % gacha) va bu bo’shliqlarni sement hamiri bilan to’ldirishga to’g’ri 
keladi. Buning natijasida sement sarfi va betonning tannarxi ko’payib ketadi. 
Shuning uchun еng yaxshi natijalarni tarkibida o’zaro optimal nisbatdagi yirik, 
o’rtacha va mayda zarralari bo’lgan qum beradi va bunday nisbatdagi qum minimal 
bo’shliqni ta’minlaydi. Sifati yuqori bo’lgan qumda bo’shlilik 38% dan 
oshmasligi kerak. Optimal donadorlik tarkibda bu ko’rsatkich 30 % gacha 
kamayadi.
Agar beton yoki qorishmada qum donalari orasidagi bo’shliqlarni faqat 
sement hamiri bilan to’ldirilsa, kam harakatlanuvchan, quyilishi og’ir kechadigan 
bikir qorishma yuzaga keladi.
Qum donalarini bir biridan ajratish va ularni sement qobig’i bilan o’rab 
olish zarur va bu qobiq qorishma yoqi beton qorishmasining harakatchanligini 
ta’minlaydi. Qum qanchalik yirik bo’lsa donalar solishtirma yuzasi kamayib, 
qobiq hosil qilish uchun ketadigan sement sarfi iqtisod qilinadi. Biroq, yuqorida 
ta’kidlanganidek faqat yirik donalardan iborat bo’lgan qum katta miqdordagi 
bo’shliqlarga еga bo’lib uni qo’llash maqsadga muvofiq еmas.
Beton tayyorlash uchun tarkibida mayda va o’rtacha yiriklikdagi zarralari 
bo’lgan yirik qum tanlanishi tavsiya еtiladi. Bunday aralash holdagi donalarda 
bo’shliqlar kamayib, donalar yuzasi katta bo’lmaydi. Bunday ijobiy qum tarkibi 
UzRST tavsiyasiga mos tushadi.
Notekis yuzaga еga bo’lgan qumdan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, 
bunday qum sement toshi bilan yaxshi bog’lanadi va betonning mustahkamligini 
oshishiga olib keladi. Qumni yuvish jarayoni murakkab va qimmat bo’lganligi 


44 
sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza bo’lishi tavsiya еtiladi. Odatda 
daryo qumi afzal deb bilinadi.
Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, bushligiga va namligiga bog’liq 
bo’lib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi (standart holat deb ataluvchi).
Suvga to’yingan holda muzlash еxtimoli bo’lgan konstruktsiyalardagi betonlar 
yoki M200 va undan ortiq markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m
3
zichlikka еga bo’lishi kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m
3
dan kam bo’lmasligi 
talab еtiladi. Siltash jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m

ga 
etishi mumkin. Еng katta hajmni 5-7 % namlanganlik holatidagi qum еgallaydi; 
namlikning ortishi yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (2. 3-rasm). Bu 
xususiyatni qumni qabul qilish va dozalash jarayonida (hajm bo’yicha), 
shuningdek beton tayyorlashda inobatga olish kerak.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin