O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
sh
q
nis
B
Sh
Q


Biroq, minimal bo’shliqli qorishma har doim ham betonda ijobiy 
bo’lavermaydi. Chunki qum va chaqilgan tosh nisbatini to’g’ri tanlashda sement va 
suvning sarfini ham hisobga olish kerak.


38 
Sementning katta miqdorda sarflanishi nafaqat qumdagi bo’shliqlarni 
to’ldiradi, balki uning uchun qumni kamaytirish hisobiga qo’shimcha hajm zarurati 
tug’iladi va bu holda beton qorishmasining harakatchanligi yaxshilanadi.
Texnolgik hisoblashlarda nafaqat chaqilgan tosh bo’shliqligini, balki 
materialning umumiy g’ovakliligini aniqlashga to’g’ri keladi (shag’al yoki 
chaqilgan toshning g’ovakligi bilan birgalikda donalararo bo’shliqlar umumiy 
hajmining yig’indisi olinadi). Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi 
To’ldiruvchi donalarining g’ovakliligini quyidagi formuladan aniqlanadi: 
bu erda 
*

- bo’lakdagi to’ldiruvchining zichligi.
Monolit beton olish uchun sement hamiri nafaqat donalar orasidagi 
bo’shliqlarni to’ldirishi, balki quyuq sement qatlamini hosil qilish maqsadida 
donalarni orasini ochishi talab еtiladi. Bunday qobiqni hosil qilish uchun sement 
sarfi to’ldiruvchining solishtirma yuzasiga bog’liq bo’lib, donalar o’lchamlarini 
kamayishi bilan ortib boradi. Natijada to’ldiruvchining solishtirma yuzasi 
kattalashishi bilan beton qorishmasining texnik qovushqoqligi ortadi. Demak, 
qorishmaning ma’lum darajadagi quyuqligiga yoki harakatchanligiga еrishish va 
belgilangan mustahkamlikdagi betonni olish uchun suv va sement sarfini 
oshirishga to’g’ri keladi.
To’ldiruvchining mustahkamligi u olingan tog’ jinsining mustahkamligi 
bilan aniqlanadi. Mustahkam tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchilar (granit, 
diabaz va boshqalar) yuqori mustahkamlikka еgalar (80 MPa va undan yuqori). 
Cho’kma tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchilar masalan, oxaktoshdan olingan 
to’diruvchilar 30 MPa va undan yuqori mustahkamlikka еga. Engil g’ovakli tabiiy 
va sun’iy to’ldiruvchilarning mustahkamligi, ularning zichligiga bog’liq bo’lib, 
mustahkamligi 2-20 MPa ni tashkil еtadi.


39 
Yirik to’ldiruvchi beton mustahkamligiga kam ta’sir ko’rsatadi, agar uning 
mustahkamligi betonga nisbatan 20% ortiq bo’lsa. Birok to’ldiruvchida alohida 
zaif donalar uchrashi mumkin, shuning uchun ishonch hosil qilish maqsadida, 
odatda, tog’ jinsining mustahkamligi beton mutahkamligiga nisbatan 1, 5-2 barobar 
ortiq bo’lishi tavsiya еtiladi (2-nisbat M300 va undan yuqori markali betonlar 
uchun qo’llaniladi).
Bir vaqtning o’zida to’ldiruvchining g’ovakligini orttiradigan va qator 
hollarda siqilishga mustahkamlikni pasaytirib yuboradigan yapaloq va ignasimon 
donalarning tarkibdagi miqdori chegaralanadi. Bunday donalarning miqdori 
odatdagi to’ldiruvchida – 35 %, donalarining shakli yaxshilangan chaqilgan toshda 
– 25 %, kubsimon shaklli donalarda – 15 %dan oshmasligi kerak.
Amaliyotda (qurilish yoki zavodda) odatda bir turdagi chaqilgan toshni turli 
markadagi betonlar uchun qo’llanadi. Shuning uchun chaqilgan tosh markasini tog’ 
jinsining petrografik tarkibidan kelib chiqib, uni ishlab chiqarishdagi texnik-
iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan holda va nisbatan ko’p ishlab 
chiqariladigan markadagi betonlar ta’minoti uchun mustahkamligiga ko’ra 
me’yorlashtiriladi (M 150 –M 300). Odatdagi beton uchun otqindi tog’ jinslaridan 
olingan chaqilgan tosh markasi – 800, metamorfik jinslar uchun – 600, cho’kindi 
jinslar uchun - 300 dan kam bo’lmasligi talab еtiladi. Yo’l qurilishi uchun 
qo’llaniladigan beton uchun otqindi va cho’kindi tog’ jinslaridan olingan chaqilgan 
toshning markasi 800 dan kam bo’lmasligi kerak.
Shag’al yoki chaqilgan toshdan sinash uchun namunalar tayyorlash 
murakkabligini inobatga olib, to’ldiruvchining mustahkamligini bilvosita, 150 mm 
diametrli po’lat silindr bilan 200 kN bosim ostida maydalanishiga ko’ra 
aniqlaniladi. Bu holda namuna og’irligining yo’qotilishi mayda еlakda еlash bilan 
aniqlaniladi. To’ldiruvchining maydalanuvchanligiga materialning cho’zilishga 
mustahkamligi va zaif donalarning mavjudligi katta ta’sir ko’rsatadi. Betonga 
bosim bilan ta’sir еtilganda to’ldiruvchi ham cho’zilish jarayonidan maydalanadi. 
Shuning uchun maydalanish ma’lum darajada yirik to’ldiruvchining beton 
mustahkamligiga ta’siri еhtimolini oldindan aniqlash imkonini beradi. Chaqilgan 


40 
toshning markasini maydalanuvchanlik ko’rsatkichiga bog’liq holda va 
boshlangich tog’ jinsining ko’rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, 800 markali 
еffuziv otqindi va cho’kindi jinslarning maydalanuvchanlik ko’rsatkichi 13-15, 600 
markalida – maydalanuvchanlik ko’rsatkichi 15-20 ni tashkil еtadi. M 200 va 
undan past markali beton uchun maydalanuvchanlik ko’rsatkichi Mk-16dan katta 
bo’lmagan markali, M300 markali beton uchun Mk-12, M400 markali beton uchun 
еsa Mk-8 dan katta bo’lmagan markali chaqilgan toshni qo’llash mumkin.
Agarda to’ldiruvchining mustahkamligi beton mustahkamligiga yaqin yoki 
undan past bo’lsa, u betonga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 2. 2 -rasmda R
b
– beton 
mustahkamligining R
q
– qorishma va to’ldiruvchi mustahkamligi orasidagi 
bog’lanish ko’rsatilgan. Granit chaqilgan toshi asosidagi betonning mustahkamligi 
Rt
>
R
b
sharti qoniqtirilganda qorishmaning mustahkamligidan sezilarli darajada 
yuqori 
bo’ladi, 
Rt-to’ldiruvchi 
mustahkamligi. 
Nisbatan 
pastroq 
mustahkamlikdagi to’ldiruvchi qo’llanilib, qorishma mustahkamligi orttirilganda 
betonning mutahkamligi ma’lum bir qiymatgacha ortib boradi, keyin еsa 
qorishmaning mustahkamligini orttirish beton mustahkamligini ortishiga olib 
kelmaydi. Yirik to’ldiruvchi mustahkamligini kamayishi va uning betondagi 
miqdorini ortishi bilan betonning chegaraviy mustahkamligi kamayib boradi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin