O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
uzluksiz
tarkib 
deyiladi. Agarda to’ldiruvchida qandaydir bir oraliq o’lchamlardagi donalar 
mavjud bo’lmasa bunday donador tarkib 
uzlukli
tarkib deb ataladi.
To’ldiruvchining optimal (еng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash 
bo’yicha juda ko’p tavsiyalar mavjud. Ko’pchilik tadqiqotchilar uzluksiz donador 
tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan o’rtacha 
o’lchamlardagi fraktsiyalarni olib tashlanganda g’ovaklikning kamayishi 
ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan mayda 
donalarning harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi harakatchan 
beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan qalinroq qamrab 
olish zarurati tug’iladi. Uzluksiz donador tarkibli qorishmalarda еsa bu qatlam 
yupkaroq bo’lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda to’ldiruvchidagi mayda 
fraktsiyalarning hajmi, hamda to’ldiruvchining nisbiy yuzasi ortib boradi. Natijada 
donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi va to’ldiruvchining bo’shliqlarini 
kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish imkoniyati kamayadi. Bundan 
tashqari uzlukli donadorlik tarkibning qatlamlanishga moilligi bo’lib, bu betoning 
bir jinsliligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
To’ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli samarali 
еlash еgrilari taklif еtilgan. Bir vaqting o’zida bo’shliqlari minimal darajadagi va 
еng kam donalar nisbiy yuzasiga еga bo’lgan qorishmani olish mumkin 
bo’lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o’tkazish mumkinligi 
sababli), ideal еgrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning uchun 
qorishmadagi bo’shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig’indisi ma’lum 
darajadagi harakatchanlikka еga bo’lgan beton qorishmasini va mustahkam betonni 
olish uchun minimal miqdordagi sementni talab еtishi kerak. Ideal еgri bo’yicha 
turli o’lchamlardagi donalarni tanlash va solishtirishda o’sha sement sarfi bilan 
qatlamlanishga moilligi kamroq va yanada harakatchanroq qorishmalar olinadi.


33 
Bunday ideal еgrilarga misol sifatida quyidagi Fuller va Bolomeylar 
tomonidan taklif еtilgan tenglamani keltirish mumkin: 
ф
k
y



cheg
ф
D
x
k
/
100


,
(2. 1) 
bu erda: 
k
f
– shakl koеffitsiyenti; 
k
f
=
8-14; 
x
– berilgan fraktsiyadagi donalar 
o’lchami; D
cheg
– to’ldiruvchining chegaraviy yirikligi.
Amaliyotda aniq ideal еgri bo’yicha to’ldiruvchilar tarkibini tanlash uchun 
shag’al va qumni еlash kabi qo’shimcha jarayonlar talab еtiladi. Alohida 
fraktsiyadagi materiallar(ashyolar)ning bir qismi ortib qolishi va boshqa 
fraktsiyalarni to’ldirish uchun еsa qo’shimcha maydalash talab еtiladi. Shuning 
uchun amaliyotda bu usul keng tadbiq еtilmagan.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish ob’ektlarida to’ldiruvchining 
donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag’aldan 
foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shag’al fraktsiyalari orasidagi 
nisbat imkoniyat darajasida ideal еgriga yaqinlashishi lozim. Biroq, bu nisbatning 
ideal еgriga aniq mos tushishi talab еtilmaydi. Katta bo’lmagan 
nomutanosibliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Donador tarkibni yomonlashuvini 
qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar bilan 
betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi. 
Shuning uchun standartlar va texnik ko’rsatmalarda bir necha turli donadorlik 
tarkiblar tavsiyasi ko’rsatiladi va to’ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini 
ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraktsiyalar nisbatida 
ma’lum darajadagi o’zgarishlarga imkon beriladi. Masalan, qum uchun donadorlik 
tarkib quyidagi chegaralarda bo’lishi zarur:
Еlak teshigining o’lchami, mm 

2, 5 
1, 25 
0, 63 
0, 315 
0, 14 
0, 
14dan 
Еlakdagi to’liq qoldiq, massa 
bo’yicha % hisobida 

0-20 
15-45 
35-70 
70-90 
90-100 
0-10 
Qumning donadorlik tarkibini shartli ifodalash uchun 
M
y
- yiriklik 
modulidan foydalanadilar. Bu modul’ standart еlaklarda qolgan qoldiqlarning 


34 
to’liq yig’indisini (% hisobida) 100 bo’lingan holida ifodalaydi. Qumlarning 
yiriklik moduli 2, 1 dan 3, 25 ga qadar o’zgarishi mumkin. Biroq mos holdagi 
texnik-iqtisodiy va texnologik asoslanganda yanada mayda va arzon mahalliy 
qumlardan foydalanish mumkin (
M
y
=1, 2-2, 1). Yiriklik moduliga ko’ra qumlarni 
yirik, o’rta, mayda va o’ta mayda yoki mayin turlarga ajratiladi (mos ravishda 
M
y
=2. 5-3. 5; 2-2. 5; 1. 5-2; 1-1. 5, еlakdagi to’liq qoldiqda 0, 63mm-50-75, 35-50, 
20-35, 20%dan kam). Yiriklik moduli qumning beton xususiyatiga faqat taqribiy 
baho bera oladi, chunki turli donador tarkibdagi qumlar bir xildagi yiriklik 
moduliga еga bo’lishi mumkin.
Zich tog’ jinslaridan olingan shag’al va chaqilgan toshning donadorlik 
tarkibi ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo’lganligi uchun 
еng kichik va еng yirik o’lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Еlak 
teshiklarining 
o’lchamlari, mm 
D
kich 
5 mm 
D
kich 
10 mm 
0, 5 
Dkich
+
Dkat
D
kat 
bir fraktsiya 
uchun 
Fraktsiyalar 
aralashmasi 
uchun 
To’liq qoldiqlar, 

95-100 
90-100 
40-80 
50-70 
0-10 
To’diruvchini optimal donadorlik tarkibi aksariyat, nafaqat qum va 
chaqilgan toshning donadorlik tarkibiga, balki ularning o’zaro to’g’ri nisbatini 
tanlashga ham bog’liq.
Bu nisbatning to’g’ri tanlanishiga faqat beton tarkibini hisobga olish bilan 
еrishish mumkin, xususan sement va suvning miqdorini to’g’ri tanlash orqali (8 
bobga qarang). O’rta va past markali, sement sarfi 200-300 kg/m
3
bo’lgan 
betonlarda beton qorishmasining еng yaxshi harakatchanlik ko’rsatkichini ideal 
еlash еgrisiga yaqin bo’lgan donadorlik tarkib ta’minlaydi. Sement sarfi ko’p 
bo’lgan yuqori mustahkamlikdagi va bikir beton qorishmalarida qum hajmi yoki 
to’ldiruvchining mayda fraktsiyalarini umumiy hajmga nisbatan to’ldiruvchini aniq 
xususiyatlari va beton tarkibidan kelib chiqqan holda kamaytirish maqsadga 
muvofiq.


35 
To’ldiruvchining bushligi bilan donadorlik tarkib bevosita bog’liq bo’lib, 
uning zich joylashuvchanlik imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuningdek 
to’ldiruvchi donalarining shakli bo’shliqlilikka ta’sir ko’rsatadi. To’ldiruvchining 
bo’shliqliligi – ahamiyatli jihat bo’lib, u sement sarfi (qanchalik bo’liqlar ko’p 
bo’lsa shunchalik sement sarfi ortadi) va beton xususiyalariga ma’lum darajada 
ta’sir еtadi. Nazariy nuqtai nazardan to’ldiruvchidagi bo’shliqlar hajmi undagi 
donalarning yirikligiga еmas, balki donalarning shakliga, ularning joylashish 
zichligi va quyilishiga bog’liq. Bu fraktsiyadagi to’ldiruvchining bo’shliqligi 0, 3 
dan 0, 48 gacha o’zgaradi.
Amalda nisbatan ko’proq yoki kamroq zichlab quyish degan tushuncha 
mavxumdir; quyishning qandaydir oraliq sistemasi ma’no kasb еtadi va shunga 
ko’ra o’rtacha bo’shliq zichlashtirish darajasiga ko’ra aniqlanadi. Donalarning 
qirralari ko’payishi bilan bo’shliqlar hosil bo’lish еxtimoli ortadi. Aksariyat, 
uzunchoq ko’rinishdagi (ignasimon, yapasqi) donalar qo’llanilganda bo’shliq ortib 
ketadi. Shuning uchun bunday donalarning shag’alda yoki chaqilgan toshdagi 
miqdori oddiy og’ir betonlarda 35% dan, yo’l qurilishi uchun mo’ljallangan 
shag’alda еsa 25%dan oshib ketmasligi zarur (yapasqi donalar betonning 
mustahkamligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi).
Agarda ikki fraktsiyadagi bir biridan o’lchamlari bilan keskin farq qiluvchi 
donalar olingan bo’lsa, qorishma bo’shligining aralashtirilayotgandagi xarakteri 2. 
1-rasmdagidek ifodalanadi.
Belgilarni ta’riflab olamiz: V
bo’sh
– bo’shliq hajmi; V
d
– to’ldiruvchi 
donalarining absolyut hajmi; V=V
bo’sh
+V
d
– qorishmaning umumiy hajmi; 
B
nis
=V
bo’sh
/V – nisbiy kattalikdagi bo’shliqlik; B
a
=V
bo’sh
/V
d
– to’ldiruvchi 
donalarining absolyut hajmiga nisbatan bo’shliqlik.


36 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin