O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Kengayuvchi yoki kirishmaydigan sementlar



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Kengayuvchi yoki kirishmaydigan sementlar
ni suv o’tkazmaydigan beton 
tayyorlashda qo’llash mumkin. Bu sementlarning mohiyati sementni qotishida 
fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hajmi oshadigan tarkiblarni borligidir.
Bunday sementlarning juda kup retseptlari ma’lum, lekin doimiy ishlab 
chiqarilmaydi (bunday sementlar alohida mahsus maqsadlar uchun ishlab 
chiqariladi).
Oxirgi yillarda betonni qotish jarayonida uning hajm o’zgarishini sozlash 
uchun kengayuvchi sementlar o’rniga oddiy portlandtsementli qorishma va 
betonlarga kompleks qo’shimchar kiritilishi qo’llanmoqda.
Fosfat sementlar
ni issiqqa chidamli va boshqa mahsus betonlarni 
tayyorlashda qo’llash mumkin. Bu sementlarning qotishi ba’zi bir mayin 
yanchilgan oksidlarning(titan dioksidi, mis, magniy, ruh oksidi va boshqalar) va 
fosfor kislotasining mahsus tarkibining o’zaro ta’siri hisobiga ro’y beradi. Bunday 
sementlar yuqori mustahkamlikka еgadirlar, yuqori darajali issiqqa chidamli, lekin 
tarkibining turiga qarab mahsus qotish tartibini talab qiladi, chunki noto’g’ri 
texnologiyalarda betonda sezilarli darajada nosoz holat rivojlanishi mumkin, 
masalan materialning oxirgi pishiqligini pasaytiruvchi massani ko’payishi 
mumkin.


27 
Kislotaga chidamli sement
 
- kislotaga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish 
uchun mo’ljallangan. U sinchiklab aralashtirilgan mayda kvarts qumi va 
kremniyftorli zichligi 1, 32-1, 5, bog’lovchi xususiyati natriydan tashkil topgan.
Bu sementni suyuq shishada, ya’ni natriy yoki kaliy silikatini Na
2
OnSiO
2
; K
2
OnSiO

kalloidli 
qorishmasi 
bilan 
qorishtiriladi. 
Kerak 
bo’lgan 
konsistentsiya(quyuqlik)ga еrishish uchun suyuq shishaga suv qo’shib 
suyultiriladi. Suyuq shisha karbonat angidrit gazi ta’sirida qurishi va amorf 
kremnezem ajralishi oqibatida havoda qotadi. Suyuq shisha qotishini tezlatish va 
sement toshining zichqligini oshirish uchun kislotaga chidamli sementdan 
foydalaniladi. Uning tarkibiga kiradigan kremniyftorli natriy qotish katalizatori 
hisoblanadi va qotgan materialni kislota va suvga chidamliligini oshiradi.
Kremniyftorli natriy qo’shimcha еriydigan shishaning massasiga nisbatan 12-15% 
ni tashkil еtishi kerak. So’nggi yillarda kelgusida sementning xususiyatlarini 
yaxshilash bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Qo’shimchali krentlar (kristallizatsion 
komponentlar) sement ishlab chiqarish kashf еtilmoqda va joriy qilinmoqda
natijada sementning mustahkamligi 5-15% ga oshib(o’rtacha 10 MPa), sovuqqa va 
sul’fatga chidamliligi yaxshilanmoqda. Shuningdek sul’foalyuminat klinneri 
asosida tez qotadigan va yuqori mustahkamlikka (bir kundan keyin 40-50 MPa) 
еga bo’lgan sementlar ishlab chiqilmoqda.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin