O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


ement va bog’lovchilarning maxsus turlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
ement va bog’lovchilarning maxsus turlari
.
Vaqt o’tishi bilan sement 
nomenklaturasi ortib bormoqda. Mahsus sementlar betonga alohida xususiyat 
ya’ni, qurilishda keng qo’llash imkonini beradi.
Oq portlandtsement
ifloslanishidan saqlash uchun mahsus tayyorlangan 
texnologiya bilan tarkibida kam temir bo’lgan oqartirilgan klinkerni maydalab, 
gipsning zarur miqdori va oz miqdordagi diatomit qo’shimchasi bilan tuyib 
olinadi. Oq sement 300, 400, 500 marka bilan ishlab chiqariladi va oddiy 
sementga ko’yiladigan talablarni qoniqtirishi kerak. Oqlik darajasiga qarab oq 
sement uch navga bo’linadi: oliy nav, Bts-I va Bts-II. Sementning oqligi, sement 
oqligini 100% deb qabul qilingan bariyning sul’fat oqligiga nisbati yorqinlik 
koеffitsiyenti bilan
xarakterlanadi. Naviga qarab yorqinlik 80, 76 va 72% kam 
bo’lmasligi kerak. 
Rangli portlandtsement
ni oq sement, gips va pegmentni birgalikda tuyib 
olinadi. Sement massasiga nisbatan sintetik mineral yoki tabiiy pigmentning 
miqdori 15% dan, organik pegmentning miqdori еsa 0, 3% dan oshmasligi kerak.
Rangli portlandtsementni mahsus tayyorlangan rangli klinkerdan olish mumkin.
Oq va rangli sementlar rangli beton olish, arxitektura detallari va yuzalarni 
qoplash plitalarini olish, pardoz ishlari uchun mo’ljallangan.
Zo’riquvchi sement
, V. V. Mixaylov taklifiga binoan, portlandtsement 
klinkerini va zo’riqqan komponentni glinozem shlaki yoki boshqa tarkibida 
alyumin bo’lgan modda, gips va oxakni birgalikda tuyib olinadi. O’rtacha 
kompnentlararo 
nisbat 
65:20:10:5. 
Pastsul’fat 
shakldagi 
kal’tsiy 
gidrosul’foalyuminatini yuqorisul’fat shaklga kristallashishi oqibatida sement toshi 
nisbatan katta mustahkamlikka etgandan keyin (15-20 MPa) zo’riquvchi sement 
o’z hajmini sezilarli kengaytirish xususiyatiga еga bo’ladi (4%gacha). Bunday 
sement o’zini zo’riqtiruvchi temir-beton tayyorlashda qo’llash imkonini beradi
qaysiki, armatura betonning kengayishi oqibatida oldindan zo’riqadi. Bu 


26 
zo’riquvchi sement boshqa kengayadigan sementlardan farq qiladi, ular qotishni 
boshlanish davrida uz hajmini kengaytiradi.
Zo’riquvchi sement va ular asosidagi betonlar yuqori mustahkamlikka 
еgadirlar (28 kunda 50-70 MPa), suv va gaz o’tkazmaydi. Zo’riquvchi sementni 
o’zini zo’ritirquvchi temir-beton trubalar, yo’l va aеrodromlarni qoplashda, tonnel 
va katta diametrli vodoprovodlarda va shunga o’xshash konstruktsiyalar 
tayyorlashda qo’llash samaralidir. Bu konstruktsiyalarni tayyorlashda zo’riquvchi 
sementning juda tez tishlashini (tishlashning boshlanishi 2 minut, tugashi 6 minut), 
shuningdek beton zaruriy mustahkamlikka еrishgandan keyin sementning 
kengayishini ta’minlovchi qotishning mahsus tartibi qo’llanishini hisobga olish 
zarur.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin