O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Sul’fatga chidamli shlakoportlandtsement



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Sul’fatga chidamli shlakoportlandtsement
(SSHPTS) – klinker tarkibidagi 
C
3
A<8% miqdori chegaralab olinadi va 300, 400 markalar bilan ishlab chiqariladi.
Sul’fatga chidamli sementlar suv satxi o’zgaruvchan sharoitda ishlatiladigan beton 
va temir-beton konstruktsiyalar, shuningdek, ko’pincha bir vaqtda ko’p marta 
muzlash va еrish yoki ko’p marta namlanishi va qurishi mumkin bo’lgan sul’fatli 
suvlar agressiv ta’siriga uchraydigan inshootlar uchun mo’ljallangan.
Putstsolan portlandtsement
(PPTS) ham sul’fatga chidamli sement guruhiga 
kiradi. Bu sementni C
3
A<8%, miqdordagi portlandtsement klinkerini aktiv 
mineral qo’shimcha bilan birga yanchish usuli bilan olinadi. Aktiv mineral 
qo’shimcha oddiy qo’shimchali portlantsementga nisbatan ko’p miqdorda 
qo’shiladi. Qo’shimcha miqdori uning turiga bog’liq va trepel, opok, diatomit 
uchun 20-30% tashkil еtadi, qolgan boshqa aktiv minerallar, ayniqsa kremnezem 
qo’shimchalar (masalan, tuf, trass, pemza va boshqa) uchun- 25-40% dan iborat.
Trepel, opok, diatomitlar boshqa qo’shimchalarga nisbatan sementga oz miqdorda 
qo’shiladi, chunki ular yuqori gidravlik aktivlikka еga bo’lishi bilan birga bir 
vaqtning o’zida suvga talabi yuqoridir. Shuning uchun sementga ortiqcha bunday 
qo’shimchalarning aralashtirilishi uning normal quyuqligini keskin darajada 
oshiradi, bu еsa maqsadga muvofiq еmas.
Putstsolan portlantsement oddiy sementga nisbatan ochroq rangda. Haqiqiy 
zichligi (2, 8-2, 9 ga yaqin) va zichligi ham oddiy sementdan kamroq. Oddiy 
sementga qaraganda bir xil miqdorda olingan putstsolan portlandtsementda 
qorishmani chiqishi hamda qorishma va beton zichligi yuqori bo’ladi, shuning 
uchun qorishma va betonlar anchagina suv o’tkazmaydigan bo’ladi. Normal 
quyuqlikdagi hamirni olish uchun putstsolan portlandtsementga ko’proq suv 
qo’shish kerak (30-40% gacha), bunda anchagina yopishqoq qorishma hosil 
bo’ladi. Buning natijasida beton qorishmasining harakatchanligi pasayadi. Bu 


24 
holatni oldini olish uchun betondagi sement sarfini (5-10% ga) oshirishga to’g’ri 
keladi yoki plastiklashtiruvchi qo’shilma kiritiladi.
Putstsolan portlandtsement gidravlik qo’shimcha aralashtirilmagan sementga 
nisbatan suv bilan aralashtirilgandan so’ng birinchi kunda va haftada sekinroq 
qotadi. Suvda 6 oy qotgandan keyin bu sement (shu klinkerning o’zidan), 
qo’shimchasiz sementning pishiqligiga еga bo’ladi. Putsolan sement oddiy 
sementga nisbatan qotish jarayonida kam issiqlik chiqaradi. Bu еsa yaxlit 
inshootlarni betonlashda qulaylik beradi, lekin qishki mavsumdagi beton ishlari 
og’irlashadi, chunki sun’iy usul bilan beton isitilishi talab qilinadi. Putstsolan 
portlandtsementni qotishida еrkin kal’tsiy gidrookisidi aktiv kremnezem 
qo’shimcha bilan qo’shiladi va suvda deyarli еrimaydigan kal’tsiy gidrosilikatni 
hosil qiladi, dengiz va boshqa mineral suvlarda parchalanmaydi. Yuqori darajada 
fizik-kimyoviy ta’sirga chidamli va nam sharoitda qotadigan betonda, masalan 
gidrotexnik inshootlarning ichki, er osti, suvosti qismlarini qurishda, dengiz va 
chuchuk suvda (tulqinqaytarich, qirg’oq, dok, to’g’on, shlyuzlar va boshqalar), 
kanalizatsiya va vodoprovod inshootlarida, tunnel va boshqa erosti qurilish 
inshootlarida, shaxta yo’laklarida putsolan portlandtsementni qo’llash samaralidir.
Bunday sementni erusti temir-beton inshootlarida qo’llash noqulayliklar 
keltirib chiqadi, ya’ni tez qurishi sementning qotishini to’xtatib qo’yadi va kuchli 
kirishishni keltiradi. Bu sementni o’zgaruvchan, ya’ni nam tortishi va qurishi, 
muzlashi va еrishi mumkin bo’lgan keskin sharoitda qo’llash tavsiya еtilmaydi.
Tayyorlovchi zavod mahsulotni olingan vaqtdan boshlab sementni standart 
talablariga mosligiga va ortilgandan keyin bir oydan ortiq bo’lmagan muddatga 
kafolat beradi. Mahsulot pasportida sement turi, markasi va tayyorlovchi zavod 
nomidan tashqari, sement hamirining normal quyuqligi va 2+3+6+4 s rejimda 
bug’latilganda sementning o’rtacha aktivligi 85+5 C
0
haroratda izotermik qizitish 
va tayyorlagandan bir kecha-kunduzdan keyin sinalganligi ko’rsatiladi. UzRST 
talablariga javob beradigan sementlarni mustahkamlik xossalari yuqori 
turg’unlikka еga bo’lishi, aktivlikni variatsiya koеffitsiyentini miqdori sement 
markasiga qarab 3-5% dan oshmasligi kerak. Bu sementlarda ―YOlg’on 


25 
tishlashish‖ga yo’l qo’yilmaydi, ortilayotgan vaqtda sement darajasi 95
o
Sdan 
oshmasligi kerak. SPTS va KSPTS larda ishqorlar miqdori 1% dan bo’lishi kerak.
S

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin