O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 3. Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan suv



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
2. 3. Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan suv 
 
Beton qorishmasi tayyorlash uchun vodoprovoddagi ichimlik, hamda vodorod 
ko’rsatkichi rH 4 dan kam bo’lmagan (ya’ni nordon еmas, lakmus qog’ozini qizil 
rangga bo’yamaydigan) suvdan foydalaniladi. Suv tarkibida sul’fatlar 2700 mg/l 
va boshqa hamma tuzlar 5000 mg/l dan oshmasligi kerak. Suvni beton qorishmaga 
yaroqligi to’g’risida shubha paydo bo’lsa, solishtiruvchi tekshiruv namunalarini 
berilgan suv va oddiy vodoprovod suvi bilan tayyorlab tekshirib ko’rish zarur.
Beton qorishmasini tayyorlash uchun dengiz va boshqa sho’r suvdan 
foydalanish mumkin, yuqorida qo’yilgan talablarga javob bersa bo’ldi. Faqat, uy-
joy va ijtimoiy binolar ichki konstruktsiyasini betonlashda, issiq va quruq 
klimatdagi suv ustidagi temir-beton inshootlarida, , dengiz va shur suvdan 


46 
foydalanib bo’lmaydi, bu suvdagi tuzlar betonning ustki qismiga chiqib, po’lat 
armaturani korroziyaga uchratadi. Betonga sepiladigan suv ham beton qorilgan 
suvdan bo’lishi kerak.
2. 4. Beton uchun qo’shimchalar 
Beton xususiyatlari, qorishmalarini regulirovka qilish uchun va sementni iqtisod 
qilishda betonga turli qo’shimchalar aralashtiriladi ularni ikki guruhga bo’linadi.
 
1-chi guruhga-kimyoviy moddalar, beton tarkibiga oz miqdorda (0, 1-2% 
sement massasidan) beton qorishimasi va betonning xususiyatini kerakli tomonga 
o’zgartirish uchun qo’shiladi.
2-chi guruhga-mayda yanchilgan materiallar, beton tarkibiga 5-20% miqdorda 
va sementi iqtisod qilish yoki sementni oz miqdorda sarf qilib, anchagina zich 
beton olish uchun qo’shiladi. Mayda yanchilgan qo’shimchalarga kullar, 
yanchilgan shlaklar, qumlar, toshni maydalashdagi chiqindilar va boshqa 
materiallar, betonga maxhsus xusisiyatlar beradigan (zichligini oshiradigan, issiqqa 
chidamli, tok o’tkazuvchanligini o’zgartiradigan, bo’yaladigan va boshqalar) 
kiradi. Oxirgi vaqtda kimyoviy qo’shimchalardan ko’proq foydalanilmoqda.
Bu qo’shimchalar ta’sirining asosiy еffekti bo’yicha tasniflanadi:
1.
Beton qorishmasining xususisyatlarini tartibga soluvchi qo’shimchalar: 
plastiklovchi, 
ya’ni 
beton 
qorishmasining 
haraktchanligini 
oshiriruvchi; 
stabillovchi, ya’ni beton qorishmasining qatlashlanishini oldini oluvchi; suvni 
saqlab qoluvchi, suv ajratishini kamaytiruvchi; 
2.
Beton qorishmasining tishlashishi, va betonning qotishini tartibga soluvchi 
qo’shilmalar; tishlashishni tezlatuvchi, tishlashishni sekinlatuvchi, qotishni 
tezlatuvchi, salbiy haroratda qotishni ta’minlovchi (sovuqqa qarshi); 
3.
Beton qorishmasi va betonning zichligi va g’ovakligini tartibga soluvchi 
qo’shimchalar: havo tortuvchi, gaz hosil qiluvchi, ko’pik hosil qiluvchi, 
zichlashtiruvchi (havoni chiqaruvchi va beton g’ovaklarini kol’matatsiyalovchi), 
beton deformatsiyasini tartibga soluvchi, kengaytiruvchi qo’shimchalar; 
4.
Betonga mahsus xususiyatlar beruvchi qo’shimchalar: gidrofoblovchi, ya’ni 
betonning namlanishini kamaytiruvchi; korroziyadan saqlovchi, ya’ni agressiv 


47 
muhitga chidamliligini oshiruvchi, po’lat korroziyasining ingibitorlari, po’latga 
nisbatan betonni saqlash xususiyatini oshiruvchi; buyovchi; bakteritsid va 
insektitsid xususiyatini oshiruvchilar.
Ba’zi qo’shimchalar ko’p funktsionalli ta’sir qilish, masalan, plastiklovchi-
havosuradigan, gazhosil qiladigan-plastiklovchi xususiyatiga еga. Ko’pincha zarur 
bo’lgan ko’p funktsional еffekti ta’siriga еrishish uchun bir necha komponentlar 
kiritilgan kompleks qo’shimchalardan foydalaniladi, masalan, beton qorishmasini 
bir vaqtning o’zida plastiklovchi va betonning qotishini tezlashtiradigan yoki beton 
qotishni tezlatadigan va ingibirlaydigan ta’sirga еga bo’ladi. Qo’shimchalarning 
ko’p turliligi va ularni ratsional komplekslash texnolog uchun beton qorishmasi va 
betonning texnologik xususiyatlarini oshirishga, sement sarfini, еnergiyani, beton 
va temir-beton konstruktsiyalarini ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirishga 
imkoniyat beradi.
Plastiklashtiradigan qo’shimcha sifatida sirt-faol moddalar (SFM) keng 
qo’llaniladi, ko’pincha ikkilamchi mahsulotlar va kimyo sanoati chiqindilaridan 
olinadi.
SFM 2 guruhga bo’linadi:

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin