O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 2. Beton qorishmalarining xususiyatlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
3. 2. Beton qorishmalarining xususiyatlari 
 
Beton xususiyatlari qoliplash uni tayyorlash, joylash va qotishidan 
boshlanadi. Bu jarayonlar betonning, konstruktsiyaning va buyumlarning sifatini 
aniqlaydi. Shu sababli beton qorishmasini xususiyatlarini, uning turli faktorlarga 
bog’liqligini, berilgan xususiyatdagi beton qorishmasini olishni bilish, beton 
qorishmasini tayyorlash jarayonlarini, yoyishni va qotish davrlarini uquvli 
boshqarish katta ahamiyat kasb еtadi.
Beton qorishmasiga xususiyatli bo’lgan jihatlardan biri uning qulay 
to’shaluvchanligi, yoki shakllanuvchanligi, jumladan, berilgan shaklni bir tekisda 
yoyilib qoplashi va ayni vaqtda bir turligini va monolitligini saqlashidir. Qulay 
to’shaluvchanlik beton qorishmasining shaklni (qolipni) to’ldirish jarayonida 
harakatchanligi(oquvchanligi), plastikligi, ya’ni yorilmasdan deformatsiyalanishi 
bilan aniqlanadi.
Beton qorishmasining turli sharoitlarda o’zini tutishini ta’riflash uchun uning 
reologik harakteristikalaridan foydalanadilar: surilishdagi chegaraviy zo’riqish, 
relaksatsiya davri va qovushqoqlik. Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun 
viskozimetrlardan foydalaniladi (3. 2-rasm). Bunday tajribalar asosan ilmiy-
tadqiqot laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida еsa 
odatda beton qorishmasini harakatchanligini (oquvchanligi) turli moslamalar 
yordamida nazorat qiladilar. Bu jihozlar tez va nisbatan oddiy holda beton 
qorishmasining zaruriy harakteristikalarini olish imkonini beradi.


57 
3. 2-rasm
. Sement hamiri va beton qorishmasining reologik xususiyatlarini
aniqlaydigan asboblarning sxemalari 
a-teshikdan qorishmaning oqish tezligini o’lchaydigan; b-konusning cho’kish 
chuqurligini o’lchaydigan; c-sharchaning cho’kish tezligini o’lchaydigan; d-
tortilishdagi zuriqishni o’lchaydigan; e-koaksial silindrlarning aylanishdagi 
zo’riqishini o’lchaydigan.
 
 
 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin