O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Dj. Ergashxodjaeva, M. S. Qosimova


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/171
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202128
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Bozor kon’yunkturasi deganda nimani tushunasiz? 
2.Bozor kon’nkturasi tahlili qanday amalga oshiriladi? 
3.Kon’yunktura sharhi deganda nimani tushunasiz? 
4.Bozor hajmi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi? 
5.Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish deganda nimani tushunasiz? 
6.Prognoz qilishni qanday uslublarini bilasiz? 
7. Ekspert baholash uslubi deganda nimani tushunasiz? 
8. Bozor sig‘imi deganda nimani tushunasiz? 
9. Talabga ta’sir etuvchi omillarga nimalar kiradi? 
10. Talab va uning turlarini izohlab bering?
 
 


133 
8-bob. BOZOR SEGMENTASIYASI VA TOVARNI BOZORDA 
POZITSIYALASHTIRISH 
8.1.
Bozor segmentasiyasining mohiyati va uning ahamiyati 
 
«Bozorni segmentasiyalash» tushunchasi AQSHda 1950- yillarda vujudga 
kelgan.
Marketing tizimida bozor segmentasiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda 
talabni o‘rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda 
«iste’molchini tahlil 
etish»
- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy 
qismga bo‘linadi: bozor segmentasiyasi
;
iste’molchi talabi sabablarini o‘rganish
;
qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.
 
Bozor segmentasiyasi talabni qondirishga 
tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko‘ra har xil 
talab qo‘yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo‘llashga 
asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar 
majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon 
bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. 
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo‘lgan talablari xilma-xildir, har bir 
xaridorning o‘zining didi bor. Xaridorning talabi, hohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, 
tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari 
ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor 
segmentasiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga 
talabni qat’iyligini ta’minlaydi. 
Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va 
tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin