140
o‘z aksini topadi. SHaxsning turi esa, hayotdan mamnun, melanxolik, o‘zgalardek ish
kuruvchi, o‘zbilarmon va boshqa hislatlarda bo‘lishi mumkin.
Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik davri
bosqichi, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentasiyasining asosiy
tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy – iqtisodiy tamoyillarda daromadlilik darajasi, mashg‘ulot turi,
ma’lumoti, mutaxassisligi va boshqalar hisobga olinadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‘l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol
jadalligi, bog‘lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo‘lgan
munosabati hisobga olinadi.
Holat tamoyilida tovarning foydaliligi, imtiyozlari, qulayligi va boshqalar
inobatga olinadi.
Dostları ilə paylaş: