288
ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va etkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar
majmui.
Marketing
byudjeti
- firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi
xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi
elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi,
marketingning
moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo‘limi. Marketing
byudjetini
rejalashtirish
maqsadli
foydaga
asoslanishi
yoki
foydani
optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni
- yangi ehtiyoj va g‘oyalarni
izlab topish, tanlash va
ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki
savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning tartibga
solingan majmui.
Marketing kommunikatsiyalari tizimi
- 1) marketing tizimining tashqi muhit
bilan o‘zaro aloqalari jarayonida subyektlar (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar,
kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmui; 2)
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi
- 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish
falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar
ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari,
qoida va g‘oyalari tizimi.
Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish
darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va o‘zaro aloqaviy
konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: