285
ATAMALAR LUG‘ATI
Axborot
- 1) ishlarning
ahvoli haqida xabardor qilish; 2) tadbirkor-lik,
marketing va boshqa faoliyat turlari oldida to‘rgan vazifalarni bajarishda yordam
berishi mumkin bo‘lgan turli xil bilim va ma’lumotlar; 3)
marketing tizimi
subyektlarining o‘zaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari
tavsifnomasi; 4) turli xil energiyalarning o‘zaro aloqalari natijasi.
Bozor
- 1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu erda ishlab chiqarilgan
mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga
mos kelish darajasi aniqlanadi,
mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi;
2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar
guruhi; 4) mazkur
tovarning barcha xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6)
tovar va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual
yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potensial xaridorlari va sotuvchilari majmui; 8)
birja.
Bozor
segmenti
- taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing
kompleksiga bir xilda munosabatda bo‘luvchi iste’molchilar guruhi majmui.
Bozorni
segmentlash
- bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki marketing
kompleksi talab qilinishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning aniq guruhlariga bo‘lish,
taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish
- 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini
(ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial
iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishni
ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori,
kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar
bozorini qamrab oladi; 2) bozori
sig‘imi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.
Dostları ilə paylaş: