O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Dj. Ergashxodjaeva, M. S. Qosimova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/171
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202128
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171
Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019

Bozorning raqobatchilik haritasi
- 1) raqobatchilarini bozorda egallab 
to‘rgan o‘rniga ko‘ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining o‘rnini nazorat qilish 


286 
imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida 
raqobatchilarning o‘rnini tahlil qilish natijasida aniqlanadi. 
Brending
- marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning 
elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos 
imijini yaratish sohasi 
Gorizontal
diversifikatsiya
- firma assortimentini ayni paytda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini 
uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish. 
Demping
- tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z 
tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab 
chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan 
raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi 
antidemping qonunlar amal qiladi. 
Diversifikatsiya
- 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va 
qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‘liq 
bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida kengaytirish va 
rivojlantirish. 
Imij
- tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‘xshashi va aks ettirishi, 
tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat. 
Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona 
va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi. 
Iste’molchining mustaqilligi (suvereniteti)

iste’mol huquqining 
mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil yo‘nalishi bo‘lib, tovar va 
xizmatlar bozorida iste’molchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va 
yo‘riqnomalar majmuidan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin