19
II BOB. KLASSIK DAVRGACHA BO„LGAN QADIMGI
IQTISODIY TA‟LIMOTLAR
2.1. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy qarashlar
Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo‗jalik yuritish
to‗g‗risida u yoki bu ko‗rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan.
Lekin o‗sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bizning
davrimizga yetib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan avlodlarga,
asrlardan asrlarga olib o‗tuvchi vosita – yozuv bo‗lmagan.
Yozuv
qachon paydo bo‗lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan
to‗rt
ming yil oldin, o‗sha davrning madaniyat o‗chog‗i hisoblangan
Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi yunon tarixchilari hozirgi
Iroqdagi Dajla va Frot daryolari oralig‗idagi joylarni
«Mesopotamiya»
deb atashgan.
Bu yunoncha so‗z bo‗lib, «ikki daryo oralig‗i» ma‘nosini bildiradi.
Dajla va Furot daryolari hozirgi
Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq
tomon oqib Fors ko‗rfaziga quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning
tuprog‗i unumdor, suvi ko‗p bo‗lib, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga
juda qo‗l kelar edi.
Ko„hna Bobil iqtisodiy qarashlari.
Qadimgi Sharqda ancha
rivojlangan davlatlardan biri Bobil bo‗lgan. Unda
xususiy mulkchilik
va tovar-pul munosabatlari
nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar
borgan sari ko‗proq tovar ayirboshlashga jalb
qilingan. Ularning ba‘zilari sudxo‗rlar to‗riga ilinib,
xonavayron bo‗ldi va qullarga aylandi. To‗la
huquqli bo‗lmagan (qaram) kishilar qatlami ancha
ko‗payib bordi. Harbiylar va soliq to‗lovchilardan
ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflashtirgan.
Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo‗rlardan
himoya qilish maqsadida
(ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini
qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy,
huquqiy munosabatlarning
davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi. Davlat bu
vazifalarni qonunchilik yo‗li bilan hal qilishga uringan. Bu borada
iqtisodiy fikrlar nuqtayi nazaridan
Dostları ilə paylaş: