O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


L.Erxardning iqtisodiy islohotlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

L.Erxardning iqtisodiy islohotlari 
 
G‗arbda neoliberal yo‗nalish tarafdorlari ichida 
Lyudvig Erxard (1897–1977) 
alohida ajralib 
turadi. Uning bevosita ishtirokida 1950-yilga kelib 
G‗arbiy Germaniya krizis holatidan olib chiqildi va 
unda pul va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 
L.Erxard – iqtisodchi va yangi xo‗jalik tartibi 
asoschisi 
hisoblanadi. 
1945-yilning 
oxirida 
Bavariya iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan 
L.Erxard 
Germaniya 
iqtisodiyoti 
«jiddiy 
tuzilmaviy qayta qurishga muhtoj» deb ko‗rsatib 
beradi va real vaziyatdan kelib chiqqan holda 
to‗g‗ri ish yuritish zarurligini uqtirib o‗tadi. 
Uning ta‘kidlashicha, bozor iqtisodiyotidan rejali iqtisodiyotga 
o‗tish asosiy muammo hisoblanmaydi, chunki «balanslashuvga moyil 
iqtisodiyotdan qaytish oson», ammo «rejali iqtisodiyotni erkin bozor 
xo‗jaligiga aylantirish juda katta qiyinchiliklar bilan bog‗liq», chunki 
tabiiy muvozanatdan chetga chiqqan iqtisodiyotga birdan, o‗tish davrisiz 
erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin. 
Urushdan keyingi Germaniya iqtisodiyoti juda qiyin ahvolga 
tushib qolgan edi. Ishlab chiqarish quvvatining uchdan ikkisi ishlamasdi. 
Narxlar muttasil oshib borgan, mamlakatda «qora bozor» hukmronlik 
qilgan. Aholining qo‗lidagi pul vositalari milliy mahsulot miqdoridan 
deyarli o‗n barobar ortiq bo‗lgan. 
Birinchi chora-tadbir 1948-yili iyunda o‗tkazilgan pul islohoti 
bo‗ldi va u bir butun Germaniya iqtisodiyotini isloh qilishda katta rol 
o‗ynadi. Yangi nemis markalarini eski, muomaladan chiqarilayotganlari 
bilan almashtirish birga (yangi marka) o‗n (eski marka) nisbatda amalga 
oshirildi. Ish haqi, pensiya, kvartira haqi to‗lash birga bir nisbatida 
amalga oshirildi. 
Har bir kishi qirq markadan oldi. Almashtirishdan keyin qolgan 
pulning bir qismi maxsus schyotlarda muzlatib qo‗yildi. Bank tizimi 
isloh qilindi. Qo‗shimcha ko‗rilgan chora-tadbirlar yangi inflyatsiya 
kelib chiqishining oldini oldi: dastlab eski valyutani yangi valyutaga 
almashtirish kursi amalda bir yangi marka o‗n besh eski markani 
tashkil etdi. Pirovard natijada pul massasi (naqd mablag‗lar va bank 
depozitlari) 14 martadan ko‗proq kamaydi. 


281 
Islohot puxta tayyorlangan bo‗lib, u keskin va izchillik bilan o‗tkazildi. 
Islohotni tayyorlash va o‗tkazish ikki yilga yaqin davom etdi. Narx-
navoning oshishi taxminan olti oy ichida to‗xtatildi. 1950-yil boshiga kelib 
ishlab chiqarish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. 
Iqtisodiy islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab nima? Uning 
asosiy sababi saqlanib qolingan moddiy bazaning mavjudligi, nisbatan 
arzon ishchi kuchi, aholining qondirilmagan talabining ishlab chiqarishga 
faol ta‘sir ko‗rsatishi bo‗ldi. Moliya va pul-kredit tizimining barqaror-
lashuvi muvaffaqiyatga erishishning zarur shart-sharoiti hisoblandi. Keyin 
AQSh va G‗arbdagi boshqa rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy va 
moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashi islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga 
turtki bo‗ldi. Iqtisodiy yordam Marshall rejasi bo‗yicha amalga oshirildi, 
shuningdek, oziq-ovqat, yoqilg‗i, urug‗lik, o‗g‗it boshqa yo‗llar bilan ham 
yetkazib turildi. Germaniya iqtisodiyotiga Amerika transporti va Amerika 
armiyasining boshqa anjomlari keltirib berildi. Imtiyozli shartlar bilan 
Yevropa qayta tiklash dasturi Fondidan kreditlar ajratildi. 
Hukumatning boshqaruv tizimini o‗z qo‗lida ushlab turishi, o‗z 
vaqtida iqtisodiy kursni o‗zgartira bilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. 
L.Erxard u garchi o‗zining iqtisodiy liberalizmga moyilligini yashirmagan 
bo‗lsa ham, «sof» liberal bo‗lgan emas. U tanlab olingan yo‗ldan og‗ib 
ketmaslik uchun davlat dastaklaridan keng foydalandi. Davlat qiyin-
chiliklarni boshidan kechirayotgan tarmoqlarni, ayniqsa, toshko‗mir sanoa-
tini, metallurgiya, elektroenergetikani qo‗llab-quvvatladi. Investor-larga va 
tadbirkorlarga soliq imtiyozlari yaratib berildi. 
L.Erxard va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan islohot 
Germaniya iqtisodiy taraqqiyoti uchun shart-sharoit yaratib berdi. U 
iqtisodiy qo‗llanmalarga kiritildi va qarorlarni realizatsiya qilish, qayta 
tashkil etish vositalaridan va metodlaridan samarali foydalanish uchun 
qulay paytni topish namunasi sifatida qaraladi. Shu bilan birga hech bir 
namuna real shart-sharoitlarni, maxsus xususiyatlarni hisobga olmagan 
holda universal yechim yoki tayyor sxema vazifasini o‗tashi mumkin emas. 


282 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin