6
I BOB. IQTISODIY TA‟LIMOTLAR TARIXI FANINING
PREDMETI VA O„RGANISH USULI
1.1. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining ahamiyati
va uning maqsadi
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta‘limotlar
tarixi fani insonlarning iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr,
g‗oya, nazariyalarning
kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini,
iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‗nalishlari,
ularning
asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‗ziga xosligini,
uning
asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‗lab
o‗rganish zarurligini, har qanday iqtisodiy xulosa universal
bo‗lmasligini, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to‗g‗ri
tushinishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‗shqinlik
bilan
kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‗g‗risida imkoni boricha
ko‗proq bilishga intilmoqdalar. Bundan ummon kabi keng iqtisodiyot
fanini o‗rganishni
nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‗ilishi
tabiiy.
Iste‘molchilar xohishlari odatda, chegaralanmagan va cheksizdir,
ammo resurslar (odatda yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati)
cheklangandir. Tanqislik muammosini
hal qilish uchun cheklangan
iqtisodiy resurslarni cheklanmagan muqobil variantlar (xohish-istaklar)
o‗rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday
taqsimot bir tarafdan iste‘molchi istaklarini
kamaytirishi
va cheklashi kerak, ikkinchi
tomondan
esa
iqtisodiy
resurslar
va
ne‘matlarni yetkazib berishni ko‗paytirishi
kerak.
1
Shifokor
davolanuvchini
tuzatishni
uning kasallik tarixidan boshlagani kabi
iqtisodiyotni o‗rganishni
ham tarixdan
boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi
kun muammolarini to‗la hal etishda o‗tgan
1
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-16 b.
7
asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi
aniq, ammo o‗tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari
hozirgi va
kelajak to‗g‗risida to‗g‗ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat
beradi. Aniqrog‗i
Dostları ilə paylaş: