O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Iqtisodiyoning turli yo„nalishlari va maktablari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 Iqtisodiyoning turli yo„nalishlari va maktablari 
 
Institutsionalizm- 
tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‗ra 
xo‗jalik yurituvchilar o‗rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki 
noiqtisodiy omillar ta‘sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga 
muassasaviy o‗zgarishlar orqali ham ta‘sir ko‗rsatish mumkin.
Taniqli davlat arbobi Uingston Cherchill(1874-1965) «Qayerga 
borishimizni bilish uchun qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz 
kerak», deb aytgan edi. Bu g‗oya nihoyatda ahamiyatli bo‗lib, bosib 
o‗tilgan yo‗lni to‗g‗ri baholash va kelajak istiqbolini ko‗zlash haqida 
fikr yuritishga undaydi. 
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‗oya jamiyat, 
insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin 
unga eltadigan yo‗llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‗ramiz. Ilk 
kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‗lgan 
iqtisodiy 
g‗oyalardagi 
umumiylik 
shundan 
iboratki, 
barcha 
donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning 
Antik olimlarning 
iqtisodiy qarashlari 
O‘rta asrlardagi 
iqtisodiy qarashlar 
Fiziokratlar
Merkantilizm 
Ilk klassik maktab 
Liberal 
maktab 
Angliya 
klassik 
maktab 
Marjinalizm 
Neoklassik 
yo‘nalish 
20-30-yy. 
neoklassik 
nazariyalar
Neoklassikaning 
tanqidi 
Utopik – sotsalistik 
nazariyalar 
Markscha iqtisodiy 
talimot 
Tarixiy maktab 
Yangi tarixiy 
maktab 
Insitutsionalizm 
Marksizmning 
sotsalistik 
demokratik 
yo‘nalishi 
Marksizmning 
bolshevik 
yo‘nalishi 
Keynschilik 
Sovet davridagi iqtisodiy 
g‘oyalar 
Hozirgi davr 
institutsionalizmi 
Hozirgi davr keynschiligi 
Hozirgi davr neoklassik 
maktabi 


13 
asosiy manbayi ekanligi turli yo‗llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab 
chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan. 
XVII asr oxirida (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy 
ta‘limot – merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‗g‗risida qisqa 
ma‘lumot beradigan bo‗lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda 
mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko‗proq to‗plash, 
nazariyada esa sohadagi (savdo, pul oboroti) iqtisodiy qonuniyatlarni 
tadqiq qilishdir (bu avvalgi davrdagi g‗oyalardan keskin farq qiladi). 
Keyingi muhim o‗zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga 
kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta‘limot ichida fiziokratizm ham 
vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‗lmadi. Klassik maktab 
g‗oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‗lmoqda 
(neoklassik, liberal, neoliberal, …). Marks nomi bilan bog‗liq bo‗lgan 
marksizm ta‘limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‗rinni 
egallaydi. Hozirgi davrda bu ta‘limot to‗g‗risida imkoni boricha 
gapirmaslikka va ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, 
ko‗proq uning salbiy tomonlarini tilga olish «moda» ga kirgan. Bunda 
«jon» bor albatta.
1917-yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish 
jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‗lga o‗tgan bir necha 
mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix 
uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab o‗tish 
adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Utopik sotsialistlar va markschilar-
ning iqtisodiy g‗oyalari ham o‗rganilishi zarur. 
Ko‗pgina iqtisodiy g‗oyalar obyektiv xo‗jalik amaliyoti bilan 
chambarchas bog‗liq. Ko‗pgina olimlar avvallari (hozir ham uchrab 
turadi) o‗z qarashlarini mutlaq bekami-ko‗st deb ko‗rsatishga uringanlar. 
Albatta, «abadiy» qonuniyatlar ham mavjud bo‗lib, ularni istalgan 
tizimda kuzatish mumkin, ammo ko‗p hollarda olimlar bugungi 
haqiqatning tarixiyligini ilg‗ab olishga har doim ham qodir emas. 
Ijtimoiy yo‗nalish tarafdorlari ham o‗z metodologiyalariga ehtiyot-
lik bilan yondashishlari zarur. Bunday ehtiyotkorlik uchun diduktiv va 
induktiv yo‗nalishlar o‗rtasidagi yoki abstrakt nazariy modelni qo‗llab-
quvvatlovchilar va ko‗proq tarixiy tasvirlash yo‗nalishiga xayrixohlik 
bildiruvchilar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarn o‗rganish va har bir 
metodologiyadan foydalanishning yaxshi va yomon taraflarini tushunish 
maqsadga muvofiqdir
4
.
4
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-28 b. 


14 
Yana bir muhim masala ustida to‗xtalib o‗tishni lozim, deb 
o‗ylaymiz, ya‘ni avval yuzaga kelgan iqtisodiy g‗oyalarga shu kun bilan 
baho beriladi va odatda ilgarigi g‗oyadagi «xato» va «kamchiliklar» 
aniqlanib, yangi g‗oyaning undan afzalligi «isbotlanadi». 
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta‘kidlanganidek 
avvalgi g‗oyalar tufayli odatda yangi g‗oyalar yuzaga keladi, shuning 
uchun bu g‗oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan 
bo‗lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o‗zidan avvalgi davrda yuzaga 
kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta‘limotlari tahlil etilgan, 
Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‗rganilgan va yangi g‗oya 
vujudga kelgan. 
Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo‗lgan 
shaxslarning ko‗pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo‗yicha boshqa soha 
sohiblari yoki davlat arboblari bo‗lganlar.
Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti terapevt-shifokor, 
P.Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, B.Mandevil va 
A.Smitlar faylasuf bo‗lishgan. Bunday misollarni ko‗plab keltirish 
mumkin, ammo biz ularni asosan iqtisodchilar, deb bilamiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin