Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv
uslublarga asoslanadi:
har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika,
induksiya va deduksiya, analiz va sintez;
o„tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o„rganishda abstrakt va
konkretlikni ajratish;
nazariya va amaliyot o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikning tahlili,
iqtisodiy ta‟limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash.
1.2-rasm.
Iqtisodiy ta‟limotlar tarixining bir qator progressiv
iqtisodiy tahlil uslublari
Absolyut va nisbiy yondashuvlar
Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida
iqtisodchilar kasbiy mahoratining o‗sishi kabi ichki omillarning
ahamiyatiga urg‗u berishgan.
1950-yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko‗plab nufuzli
tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi.
Bizning fikrimizcha, na absolyut yondashuv na nisbiy yondashuvga
to‗liq ishonish qiyin. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy
nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillarning bir-biriga o‗zaro
Induksiya
Tarixiy
Sistemali
Mantiqiy abstraksiya
Funksional
Kazual (tasodifiy)
Matematik
modellashtirish
Ular:
17
ta‘sirining dinamik (doimiy o‗zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur.
Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi
sifatida tushuntirilishi mumkin, boshqa joylarda esa o‗sha davrning
iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o‗rganib chiqish
muhimroq, deb ta‘kidlanadi. Ayrim hollarda yangi nazariyalarni keltirib
chiqaruvchi omillar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga
kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq
ekanligini aytish qiyin.
Iqtisodchilar har xilligini tushunishning bir yo‗li iqtisodiy
ta‘limotlar tarixining bir segmentini ko‗rib chiqishdir. Iqtisodiy
ta‘limotlar tarixi bu o‗zgarishlar tarixiydir va bir vaqtlar noortodoksal
bo‗lgan fikrlar boshqa bir davrga kelib asosiy ortodoksal fikrga aylanadi.
Misol uchun, noortodoksal bo‗lgan Maltus, Tugan-Baranovski va
Marksning fikrlari Keyns nazariyasida qisman aks ettirilgan. Bu
o‗zgarishlar sodir bo‗lishiga sabab ba‘zi iqtisodchilarning noortodoksal
fikrlarni qabul qilishni xohlashlari, keyin esa uni to‗g‗riligiga
boshqalarni ham ishontirishlari sabab bo‗lgan. Shunday tarzda ularning
fikrlari asosiy ortodoksal yo‗nalishga qo‗shilib ketadi.
Noortodoksal maktablar fanning evolutsiyasi tarixida muhim rol
o‗ynaydi. Ular asosiy oqimni tanqid qilishda nuqson, nomuvofiqliklarni
ko‗rsatib, ularning sof va benuqson bo‗lishiga yordam beradi.
Noortodoksal tushuncha va asosiy ortodoksal maktab rivojining o‗zaro
ta‘sirini Alfred Marshallning iqtisodiy rivojlanishi misolida ko‗rish
mumkin. U tarixiy maktab iqtisodchilari va abstrakt nazariyachilar
qarashlariga qarshi chiqib neoklassik iqtisodiy yo‗nalishga asos soldi.
Lekin Marshall nazariyasi XIX asr oxirida yashagan Amerika
iqtisodchilari uchun o‗ta rasmiy va abstrakt nazariya edi. 1885-yilda
tashkil topgan Amerika Iqtisodiyot Asotsiatsiyasi asosan nemis tarixiy
maktabi tarafdorlari tomonidan nazorat qilinar edi. Tarixiy-institutsional
metodologik yo‗nalish tarafdorlari va iqtisodiyotning kelajagi abstrakt
matematik tahlil modellarida, deb ta‘kidlovchilar o‗rtasida ochiqcha
qarama-qarshilik mavjud edi. Ularning qarama-qarshiligi hozirgi kun
iqtisodiyotining shakllanishida
muhim
rol o‗ynagan.
Amerika
universitetlarida tarixiy-institutsional yo‗nalishning ahamiyati yigir-
manchi asrning birinchi yarmi davomida pasayib bordi, neoklassik
iqtisod esa (avval Marshall nazariyasi, keyinchalik Valras nazariyasi)
aksincha, Amerikada asosiy oqimga aylandi.
5
5
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-19 b.
|