Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon, deb qarab,
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va
boshqasi bilan almashinishi sabablari to‗g‗risidagi ta‘limotni hamda
qo‗shimcha qiymat nazariyasini yaratadi.
Marjinalizm vakillari (marjinal-me‘yoriy, qo‗shilgan) — tovar
nafliligi, qo‗shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi
nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borish
qonuni bu oqimning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shunga ko‗ra narx
xarajatga bog‗liq bo‗lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi.
Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Eigen fon Bem-Baverk, Uilyam
Stenli Jevons marjinalizm asoschilari hisoblanadi.
Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‗oyasini ilgari suradi.
Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham
yuz berishini ko‗rsatadi. Funksional bog‗lanish g‗oyasini asoslaydi,
bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb
hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy
muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy
tizimlar o‗zgarishining ichki kuchlarini ko‗rsatib berishga harakat qilgan
hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik,
degan xulosaga kelgan.
Keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan
tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard
Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli
kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali
inflyatsiya va bandlikka ta‘sir ko‗rsatishini asoslaydi.
Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erkard) – davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, e‘tiborni xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Monetarizm – (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul
muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab
beradi.