Qiymat, pul va foiz nazariyalari.
A.Tyurgo qiymat, baho va pulni
tahlil qildi. Uning bu sohadagi fikrlari o‗ziga xos xarakterga ega va
qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo tovarning narxi
sotuvchi va xaridorlar istagining intensivligi bilan aniqlanishi
to‗g‗risidagi g‗oyani ilgari surdi. Bunda kamyoblik tovar narxini
―baholashda asosiy unsurlardan biri‖ hisoblanadi. Keyinchalik bu g‗oya
zamonaviy baho nazariyasining shakllanishida ijobiy o‗rin tutadi.
A.Tyurgo iqtisodiyotda proteksionizm siyosatining salbiy tomonini
ko‗rsatib berdi. Uning fikricha, «olish va sotishdagi umumiy erkinlik bir
tomondan, sotuvchiga ishlab chiqarishni rag‗batlantiruvchi narxni,
ikkinchi tomondan, xaridorga eng yaxshi tovarni eng past bahoda sotib
olishni ta‘minlashning yagona vositasidir».
106
A.Tyurgo pulni o‗z mohiyatiga ko‗ra tovarlar dunyosidagi bir
tovar sifatida ta‘riflab, ayniqsa, «oltin va kumushni boshqa har qanday
materialga nisbatan (moneta) tanga xizmatini o‗tashga yaroqli», deb
hisobladi, negaki, ular tabiatan moneta bo‗lib yaralgan, buning ustiga
har qanday kelishuv va qonunlardan qat‘iy nazar hamma uchun umumiy
moneta bo‗lib qoladi. Uning fikricha, pul, ya‘ni oltin va kumushning
bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan o‗zgarib turadi, balki
bir-biriga bo‗lgan nisbati, kam yoki ko‗pligiga qarab ham o‗zgarib
turadi. A.Tyurgo qog‗oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va
xizmatlarning miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan
foydalanish noqulayliklari to‗g‗risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab
berdi.
A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiqot qilar ekan, qarzga olingan
pulni ustamasi bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaraydigan
nasihatgo‗ylar bid‘atlarini qoraladi. Uning ta‘kidlashicha, qarz beruvchi
qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli uchun olishi mumkin
bo‗lgan daromadni yo‗qotadi, qarz oluvchi esa bu pulni samarali
ishlatib, ancha foyda ko‗rishi mumkin. Ko‗rinib turibdiki, qarz beruvchi
qarz oluvchiga ozor yetkazayotgani yo‗q, aksincha, birinchisining
pulidan ikkinchisi foyda ko‗rayapti. Ana shu foyda qarz oluvchini foiz
to‗lash sharti bilan qarz olishga undovchi asosiy kuch hisoblanadi. U
foizni foydadan to‗laydi. Demak, A.Tyurgoning fikriga ko‗ra bunday
«kelishuvdan» qarz beruvchi ham, qarz oluvchi ham manfaatdor. Joriy
foizga kelsak, A.Tyurgo bo‗yicha, u bozorda kapitalning ko‗p yoki
kamligini ko‗rsatuvchi termometr vazifasini o‗taydi, xususan, foizning
past bo‗lishi bu kapital ko‗pligi natijasidir.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixida fiziokratlar o‗ziga xos o‗rinni
egallaydi. A.Smit o‗z vaqtida:
«fiziokratizm tizimi qanchalik
nomukammal bo„lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g„oyalar
ichida haqiqatga eng yaqini edi»,
– deb aytgan. Bu ta‘limotning
merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi
ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklovlarini bekor qilishni
taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi ayniqsa,
uni yaratishdagi mehnatning ahamiyati diqqatga sazovor: boylik – bu
jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste‘mol qiymatlari
yig‗indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan.
Kapital va uning ikki qismga ajratib ko‗rsatilishi (asosiy va
aylanma), takror ishlab chiqarish jarayonining tahlil qilinishi, erkin
107
sohibkorlik to‗g‗risidagi g‗oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi
iqtisodiy ta‘limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir.
Qishloq
xo‗jaligini
rivojlantirish
uchun
erkin
bozor
munosabatlariga
o‗tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni
kamaytirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o‗tish kerakligi to‗g‗risidagi
fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Chunki sohibkor va tadbirkorlar shaxsiy
manfaatdorlik bo‗lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga
intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor
munosabatlarining unsurlarini asosan to‗g‗ri hal etib berdilar.
Xalq xo‗jaligi tarmoqlari o‗rtasida muayyan mutanosiblik bo‗lgan
sharoitda takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining uzluksiz
davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda
fiziokratlar
tomonidan
mamlakatdagi
uch
sektor
o‗rtasidagi
munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda ayniqsa, hozirgi davrda
bunday sektorlar juda ko‗p bo‗lib, ular o‗rtasidagi aloqalar Nobel
mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish»
balansidan tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans
tarmoqlararo balans, deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va
umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g‗oyaning
kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo‗lib, u klassik iqtisodiy
maktab ta‘limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o‗rin
egallaydi.
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlari nuqtayi
nazaridan fiziokratizm g‗oyalari o‗z ahamiyatini tezda yo‗qotdi va
o‗tkinchi xarakterga ega bo‗ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy
hayotidagi o‗zgarishlar nisbatan mukammal g‗oyalarning ishlab
chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro‗y berdi. Ayniqsa,
boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‗lab tushuntiruvchi fiziokratizm
g‗oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o‗zgarishlar tufayli tez
unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning
so‗nishini eslatadi.
Fiziokratlar Kenening iqtisodiy jadvalini o‗zlarining nazariy
yutuqlarining gultoji, deb hisoblashadi. Iqtisodiyotdagi turli tarmoqlar
o‗rtasidagi pul daromadlari tasviri va sof mahsulotning yillik
aylanmasini yaqqol tasvirlab bergan Kene jadvali iqtisodiyot rivojida
yirik metodologik olg‗a siljish sifatida tan olinadi. Fiziokratlar
iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni nazariy jihatdan
o‗rganish bilan chegaralanmay ularning o‗lchamini – miqdorini
aniqlashga harakat qilishgan.
108
Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlaridagi o‗zaro
bog‗liqlikni ko‗rsatib bergan. Keyingi merkantilistlarning ba‘zilari bu
bog‗liqliklarni o‗rganib chiqdi va ularning ta‘siridagi umumlashma
Adam Smit izlanishlariga asos bo‗ldi hamda bozor iqtisodiyoti
ta‘limotini to‗ldirdi.
Fiziokratlar nazarida hukumatning ko‗plab qarorlaridan eng
omadsiz qarori Fransuz g‗alla eksportiga qo‗yilgan taqiq edi. Ularning
fikricha, bu qaror Fransiyada g‗alla narxini past darajada ushlab turdi va
shuning uchun qishloq xo‗jaligi rivojiga to‗siq bo‗ldi. Fiziokratlar
manufakturaning rivojlanishini taxmin qila olishmaganligi sababli
hukumatning aralashmaslik siyosati Fransiya qishloq xo‗jaligida feodal
iqtisodiyotning kichik xo‗jaliklari yiriklashib, bamisoli rivojlanishga
olib keladi, degan xulosaga kelishgan. Shu sababli Fransiya iqtisodining
boyligi va qudrati o‗sadi. Merkantilistlar sof mahsulot ayriboshlash,
xususan ayriboshlashning xalqaro shakllari natijasida yuzaga keladi,
shuning uchun siyosat qulay savdo balansini ta‘minlashga yo‗naltirilgan
bo‗lishi kerak, deb ta‘kidlashadi.
19
Dostları ilə paylaş: |