110
insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy
bilimlar umumlashtirildi
va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo‗lib,
birinchi qismida qiymat va qo‗shimcha daromad muammolari tadqiq
etildi, ikkinchisida – kapital jamg‗arilishi va uning funksional shakllari,
uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari
ko‗rsatib berildi, to‗rtinchisida – o‗zining merkantilizm
va fiziokratlar
ta‘limotiga bo‗lgan munosabatlari aks etdi, beshinchi qismida davlat
moliyasi masalalari ko‗rib chiqildi. Bu asar A.Smit
hayot paytidayoq
to‗rt marta, uning o‗limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta
nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo‗r
qiziqish
uyg‗otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy
ta‘limotlarining rivojlanishiga va ko‗pchilik davlatlarning iqtisodiy
siyosatiga o‗zining katta ta‘sirini ko‗rsatdi.
Xalqlar boyligining tabiati va sabablari
Xalqlar boyligi asoslarining birinchi
jumlalaridanoq
Smit Xalqlar boyligining
tabiati konsepsiyasini tushuntirib o‗tgan. Bu
ishi bilan u o‗z qarashlarini merkantalistlar va
fiziokratlarnikidan
farqlani-shini
isbotlab
berdi.
Xalqlar boyligi asarining ko„p qismlarida
Smit boylik savdoda yaratiladi, degan fikrlari
uchun merkantalistlarga qarshi bo„lgan.
Uning fikricha, boylik qimmatbaho metallar
miqdori
bilan
emas,
balki
tovar
va
xizmatlardan olinadigan yillik foydadir. U
shuningdek, eksport va import o„rtasidagi bog„liqlikni ham tushuntirib
beradi
20
.
A. Smit Xalqlar boyligi aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromad
bilan ham o‗lchanadi, deb ta‘kidlaydi. Hozirda masalan, Angliya
Xitoydan boyroq, deyilganda ularning aholi jon boshiga to‗g‗ri
keladigan
daromad qiyoslanadi, umumiy ishlab chiqarilayotgan
20
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander lvii.
111
mahsulot va daromad emas. Bu qarash hozirda ham o‗z kuchini
yo‗qotmagan.
21
Xalqlar boyligi holati haqida ham ko‗p fikrlar berilgan. Smitning bu
kitobining qolgan
qismi Xalqlar boyligi vositali, vositasiz, to‗g‗ri va
noto‗g‗ri sabablariga bag‗ishlangan.
Dostları ilə paylaş: