O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Ann Rober Jak Tyurgo (1727–1781
-
yy.)
tomonidan davom ettirildi va rivojlantirildi. A.Tyurgo Parijda 
zodagonlar oilasida tug‗ildi. Oilaviy an‘anaga ko‗ra diniy ta‘lim olishga 
majbur bo‗ldi. Lekin Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini 
tugatgach, bu sohada ishlashdan bosh tortdi. 1751-yildan Parij 
parlamentining mansabdori, 1761–74-yillarda Limojda (Limuzen 
provinsiya – viloyat markazi) intendant (gubernator) lavozimida ishladi. 
Bu uzoq viloyatda markaziy hokimiyat vakili sifatida xo‗jalik ishlarini, 
jumladan, soliq olish tizimini nazorat qilib turdi. Aynan Limojda yashab 
turgan davrda A.Tyurgo o‗zining 
«Boylikning yaratilishi va 
taqsimlanishi to„g„risida mulohazalar»
(1766) nomli asosiy iqtisodiy 
asarini, tugallanmasdan qolgan 
«Qiymat va pul»
(1769) kitobi va 
boshqa asarlarini yozdi. Ulardagi fikrlar umuman fiziokratik qarashlarga 
hamda bozor iqtisodiy munosabatlari tamoyillariga, eng avvalo, erkin 
raqobat va erkin savdo tamoyillariga asoslangan.
1774-yili qirol Lyudovik XVI A.Tyurgoni moliya bosh 
nazoratchisi lavozimiga (moliya vaziri lavozimi bilan bir xil) tayinladi. 
Bu lavozimda ikki yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo davlat xarajatlarini 
kamaytirishga erisha olmagan bo‗lsada, lekin mamlakat iqtisodiyotini 
har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir 
qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‗ldi. 
Ammo uning har bir islohotga oid yangiliklari parlamentda o‗zining 
monopol mavqeyini saqlab qolishga intilgan amaldorlar tomonidan 
qattiq qarshilikka duch keldi. Shu sababli uning islohotlari ko‗p vaqt 
amal qilmadi. 1776-yili A.Tyurgo iste‘foga chiqqach, ular bekor qilindi.
A.Tyurgo vazir sifatida amalga oshirgan asosiy islohotlar: 
mamlakat ichkarisida don va uning erkin savdosining tashkil etilishi; 
qirollikka erkin don olib kelish va undan boj to‗lovlarisiz erkin don olib 
chiqish; natural yer majburiyatining pullik yer solig‗i (o‗lpon) bilan 
almashtirilishi; sanoat sohasida tadbirkorlikning rivojlanishiga to‗sqinlik 


105 
qiluvchi hunarmandchilik sexlari va gildiyalarining (yirik savdogarlar va 
hunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar hisoblanadi.
Ish haqi nazariyasi. 
Xuddi fiziokratlarga o‗xshab, A.Tyurgoning 
tasdiqlashicha, dehqon barcha ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch 
hisoblanadi; u o‗z yerida barcha hunarmandlarning ish haqini yaratadi. 
Ish haqiga nisbatan ko‗proq ishlab chiqaruvchi yagona mehnat bu – 
dehqon mehnatidir. U merkantilistlarni tanqid qilgan holda millatning 
boyligi, deb eng avvalo, yerni va undan olinadigan «sof daromadni» 
hisobladi.
A.Tyurgo ish haqini F.Kene kabi yashash vositalari minimumiga 
bog‗lab tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravishda, 
ish 
haqining yashash vositalari minimumiga kelib taqalish mexanizmini 
ochib bermoqchi bo„ldi
. Ish haqini ishchining hayoti uchun zarur 
bo‗lgan yashash vositalari minimumi darajasiga pasaytiruvchi bunday 
mexanizm uning fikricha, mehnatga bo‗lgan talabning mehnat taklifidan 
orqada qolib ketishi, ishchilar o‗rtasidagi raqobatning rivojlanmaganligi 
hisoblanadi.
Sinflar nazariyasi. 
A.Tyurgo F.Kenega o‗xshab jamiyatni 
uch sinfga 
ajratadi
: unumli sinf (qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‗lgan 
kishilar); unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarida va xizmat ko‗rsatish sohasida band bo‗lgan kishilar); yer 
egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni 
«ishlovchilar yoki ish bilan band 
sinflar»
deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki toifaga bo‗lib 
ko‗rsatadi, ya‘ni tadbirkorlar yoki avans beruvchi kapitalistlar va ish haqi 
oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga olimning tasdiqlashicha, aynan 
unumsiz sinf «ish haqi oluvchi jamiyat a‘zolari»ni o‗z ichiga oladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin