O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə63/174
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#207057
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Uchinchi bo’lim. «Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot,



tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi:


tadbirkor ishlab chiqargan mahsulot ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi,
modeli, sur’ati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u
qoniqtirmoqchi bo’lgan iste’mollar (xaridorning tovarni sotib olishga qodirligi
haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot;
tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga nisbatan
talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat
qilish.
To’rtinchi bo’lim. «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmining tahlili»
bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo’lib, bu
bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishi vaqt mobaynida belgilab
beriladi.
Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi
bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bo’lajak
xaridor yoki savdo tashkiloti bilan bo’lgan dastlabki bitimga tayanadi.
Loyihalarning o’lchami va muddatiga qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi.
Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshirilganda mahsulot iste’molchilari
doirasini aniqlash mumkin. Bu esa, o’z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa
chiqarish imkonini beradi.
Bozorga tahliliy baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va
boshqa faoliyat turlari bilan jadallashtirish yo’llarini ham belgilab berishi lozim.
Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligi,
raqobatchilar, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek narx siyosatini bilish
lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning
sotilish hajmi kiritiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin