Тижорат банкларининг узоқ муддатли
кредитлари улуши, фоиз
69%
31%
Уч йилдан ортиқ муддатга берилган кредитлар
Уч йилдан кам муддатга берилган кредитлар
6.5.1-rasm.
Banklar aktivlari tarkibida spekulyativ tavsifdagi kreditlarning kamayishi va
resurslarni real iqtisodiyotga kiritish hisobiga respublikamizning istiqboldagi
rivojlanishida banklar hissasining yanada ortishiga olib keladi. O’z
navbatida
banklarning kapitallashuv darajasini oshirishga davlat qo’yilmalarning manzilliligi
ortishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning
investision faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investisiyalarni,
avvalo
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali
foydalanish, ishlab chiqarishni modernizasiyalash,
texnik va texnologik qayta
qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va bular asosida milliy
iqtisodiyotimizning barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli «O’zbekiston
Respublikasining 2010 yilga investision dasturi haqida»gi Qarori
16[16]
tasdiqlangan
bo’lib, ushbu dastur asosidagi kapital qo’yilmalarni
moliyalashtirish manbalari
tarkibida bank tizimi investision kreditlarning ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Buni
quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ko’rishimiz mumkin.
Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilgi investision dasturda
belgilangan kapital qo’yilmalarning umumiy hajmi 18220,3 mlrd. so’mni tashkil
etib, uning 8,4 foizi tijorat banklari kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi. Shundan,
«Qishloq qurilish bank» ATBning imtiyozli kreditlari 256,0 mlrd. so’mni tashkil
qilib, asosan ushbu kreditlar qishloq joylarida uy-joy qurilishiga sarflanishi
rejalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: