tomonidan amalga oshirilgan kat’iy pul-kredit siyosati makroiktisodiy
barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Hukumat tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga
qarshi kompleks chora-tabdirlar dasturi respublika bank-kredit tizimida inqiroz
ta’sirini yumshatish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.
Jahonning ko’plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz ko’lami
kengayotganiga qaramay, O’zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror
rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaram emasligi va tashqi
inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 2009 yilda «Asia Alliance Bank» xususiy ochiq
aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilishi bilan respublika bo’yicha jami tijorat
banklari soni 30 taga yetdi. 2010 yilning boshidanoq, O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq «Hi-Tech
Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat bankiga
bank operasiyalarini amalga
oshirish huquqini beruvchi lisenziya berildi va O’zbekistondagi jami tijorat
banklari soni 31 taga yetdi. «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat
bankining ustav kapitali 5,25 mlrd. so’mdan ko’proq miqdorda shakllantirilib,
uning 51 foizi jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Ushbu
yangi bankning ochilishi mamlakatimiz Prezidentining «Xususiy
aksiyadorlik
tijorat banklari tuzishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni
talablari izchil amalga oshirilayotganining yana bir tasdig’idir.
Iqtisodiy rivojlanishning o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini
kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab
chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki
uzoq muddatga kapitalga ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi.
Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib
qolmay, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank
tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank
chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.
Bank tizimining muomalaga kredit pullarini chiqarishi depozitlar yaratish
yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.
Respublika bank tizimini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat bankning
ichki ehtiyojlari uchun
foydalaniladigan axborot tizimi va lokal dasturlar majmui, balki iqtisodiyotning
moliyaviy faoliyatini ta’minlovchi yaxlit milliy to’lov tizimi yaratildi.
Dostları ilə paylaş: