qo’llab-quvvatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik
tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash
borasidagi
faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq:
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan
eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo’yicha
maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
- kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag’larini
to’ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500
barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo’yicha – Markaziy bank tomonidan qayta
moliyalashtirish stavkasining 100 dan 50 foiziga;
- kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam
ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo’yicha
maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning
belgilanishi mazkur soha
vakillari tomonidan kreditga talabning va ayni paytda ularga berilayotgan kredit
hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda (6.2.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: