xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko’pdir.
Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank tizimining 90 foizdan ortig’ini tashkil
etadigan 14 ta tijorat banki «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi
yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror»
degan yuqori reyting
bahosini olishga muvaffaq bo’ldi.
Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari
aholi va yuridik shaxslar
hisobraqamlaridagi mablag’lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo’lib, bu
ularning to’liq himoyasi va to’lovlarning o’z vaqtida
amalga oshirilishini
kafolatlaydi.
Bank tizimining umumiy joriy likvidligi banklarning tashqi to’lovlar bo’yicha
joriy majburiyatlaridan 10 barobar ko’pdir. Boshqacha aytganda, respublikamiz
bank tizimining mustahkam himoyasi yaratilgan.
Bank tizimining mustahkamlanishi va unga
nisbatan aholi ishonchining
ortishi natijasida omonatlar hajmi sezilarli ravishda ortib bormoqda. Faqat o’tgan
yilning o’zida aholi omonatlari miqdori 1,7 barobar oshdi (6.2.2-rasm).
Rasmdan ko’rinadiki, 2003-2010 yillar mobaynida aholi daromadlari hajmi
16 barobardan ko’proq oshgan. Keyingi yillarda banklarning kredit portfeli tarkibi
tubdan o’zgarib bormoqda. Agar 2000 yilda kredit portfelining qariyb 54 foizi
tashqi qarzlar evaziga shakllangan bo’lsa, 2009 yilda
banklarimiz jami kredit
portfelining 84 foizi ichki manbalar hisobidan shakllantirilgan.
Dostları ilə paylaş: