II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarayotgan fermer xo‘jaliklari va klasterlarda mavjud bo‘lgan mashina-traktor agregatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini o‘rganish, shu asosda ishlab chiqarish vositalarini maqbul - maqsadli tarkibini shakllantirish va mahsulot tannarxidagi mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni bajarishda bo‘ladigan mablag‘ sarfini eng kam miqdoriga erishishni ta’minlashdan iborat.
Fanning vazifasi - bo‘lajak yosh mutaxassis - bakalavrda zamonaviy, intensiv ishlab chiqarish texnologiyalarini bajarilishida ishlatiladigan mashina-traktor agregatlari ish unumini oshirishning nazariy va amaliy tamoyillari, ulardan foydalanish samaradorligini nazariy asoslari, fermer xo‘jaligining tuproq-iqlim sharoiti, dalaning o‘lchamlari hamda qishloq xo‘jaligi mashinasining parametrlari va ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda mashina-traktor agregatini maqbul tarkib va o‘lchamlarni tanlash, operatorga yaratiladigan sharoitlar, mashinalarni zamonaviy boshqarish tizimlari va vositalari, masofadan turib boshqarish va uning rivojlantirish istiqbollari kabi muxandislik masalalarini echa oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdagi ishlab chiqarish jarayonlari va vositalari, mashina-traktor agregatlari va ulardan foydalanish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda texnikalardan foydalanish nazariyasi asoslari, mashina-traktor agregatlarini xarakatlanish qonuniyatlari, xossalari va ko‘rsatgichlari, mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini loyihalash, mashinalardan texnik foydalanishning nazariy asoslari va texnik servisni tashkillashtirish, mashina-traktor parki faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish tartiblarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
ishlab chiqarish jarayonlarini taxlil qilish va baholash usullarini qo‘llash, mashina-traktor agregatlaridan ishlab chiqarish va texnik foydalanishdagi muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |