14-mavzu. Agregatning ish jarayonidagi texnologik tezliklarini texnik samaradorligiga ta’siri
Agregatning ish va salt yurish tezliklari, texnologik tezliklar chegarasi va inson omillarini foydalanish samaradorligiga ta’siri.
15-mavzu. Ishlov beriladigan maydon shakli va o‘lchamlarini
mashinani texnik samaradorligiga ta’siri.
Maydon o‘lchamlari - bo‘yi, eni, yuzasi, shakli - to‘g‘ri tomonli, trapetsiya, murakkab ko‘rinishda va boshqa ko‘rsatgichlarni agregatning foydalanish samaradorligiga ta’siri.
16-mavzu. Mashinaning konstruktiv parametrlarini
texnik samaradorligiga ta’siri
Mashina parametrlari - ish va salt yurishlar uzunligi, qamrash kengligi, burilish radiusi va boshqalarni uning foydalanish samaradorligiga ta’siri.
17-mavzu. Traktor va mashinaning ergonomik ko‘rsatgichlari
Qishloq xo‘jalik mashinalari va traktorlarni tanlash tartibi va ko‘rsatgichlari. To‘g‘ri tanlangan mashina va traktorlarni imkoniyatlari. Tanlangan texnikalarga qo‘yiladigan talablar. Texnikalarini boshqarishda “Inson-mashina-muhit” tizimi. Tizimning kafolatli faoliyatini ta’minlovchi muvofiqlar. Zamonaviy traktorlarni boshqarishda haydovchi-operatorga yaratilgan qulayliklar.
18- mavzu: Mashinalarni masofadan turib boshqarish tizim va vositalari
Texnikalarni bevosita va masofadan turib boshqarish tizimlarini maqsadi va vazifalari. Zamonaviy boshqarish tizimlari, vositalari va yordamchi qurilmalar. Uzoqdan turib boshqarish mobil aloqa tizimi afzalliklari va rivojlantirish istiqbollari.
III-modul. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni tashkil etish asoslari
19- mavzu: Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida texnologik jarayonlarni loyihalash
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning eksintensiv, intensiv va industrial (sanoat) asosida rivojlantirish yo‘nalishlari. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash darajasi. Mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo‘jaligi jarayonlarini loyihalash asoslari. Texnologik jarayonlarni qurishning umumiy prinsiplari. Qishloq xo‘jaligi ishlarining sifat ko‘rsatkichlari, ularga ta’sir etuvchi omillar. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish texnologiyasi, namunaviy va amaliy texnologik kartalar. Mamlakatimizda paxta etishtirish bo‘yicha mintaqaviy texnologik kartalar va ulardan foydalanish. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashtirish va mashinalar tizimi
Dostları ilə paylaş: |