O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


-mavzu. Respublika qishloq xo‘jaligida texnik servis tizimi loyihalashtirish asoslari



Yüklə 297,5 Kb.
səhifə8/11
tarix30.05.2022
ölçüsü297,5 Kb.
#60030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

24-mavzu. Respublika qishloq xo‘jaligida texnik servis tizimi loyihalashtirish asoslari

Tuman va muqobil mashina – traktor park lari, fermer xo‘jaliklari va boshqa mahsulot etishtiruvchi sub’ektlari tarkibidagi texnika vositalar, qishloq xo‘jaligida amal qilayotgan firmaviy texnik servis tizimining tashkiliy tuzilmasi, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari, texnik servis tizimini loyixalashtirish asoslari.




25-mavzu. Xorijiy davlatlar qishloq xo‘jaligida firmaviy texnik servis tizimi

CHet el qishloq xo‘jaligida texnik servis tizimining rivojlanish tarixi va istiqbollari. Xorij mashinasozlik kompaniyalari va firmalari, tobe va mustaqil dilerlar, fermer xo‘jaliklari, xorijiy qo‘shma korxonalar, xizmat ko‘rsatish markazlari, bo‘limlari, ehtiyot qismlar bo‘limi, o‘quv markazlari, bu sohada bajarilgan ilmiy-tadqiqotlar sharxi.




26-mavzu. Firmaviy texnik servis xizmatini tashkillashtirish asoslari

Texnik servis markazlari, bo‘limlar, tuman va muqobil mashina-traktor parklari, zamonaviy traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari jamlangan mashina saroylari, firmaviy texnik servis tizimining tezkorligi, hajmi, sifati, eng maqbul joylashish o‘rni, mashinalarni ishlatish va sinash natijalari tahlili, har xil murakkablikdagi nosozliklarning paydo bo‘lishi, FTS tizimining elementlari, rejali texnik xizmat ko‘rsatish, dilerlik faoliyati, ularni tashkillashtirish istiqbollari.




27- mavzu: Mashina-traktor agregatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish istiqbollari

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasini modernizatsiyalash yo‘nalishlari. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish jarayonlarini 2020 yilgacha kompleks rivojlantirishning umumiy konsipsiyalari. Agregatlar ish unumini oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Qishloq xo‘jaligida “Aniq dehqonchilik” tizimini qo‘llash istiqbollari.


IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:



  1. Qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlarining amalga oshirish xaritasini maqsadi va uning tuzish tartibini o‘rganish;

  2. Ishlab chiqarish jarayonining sharoitlari va agregatlarini tanlash va ularning texnik ko‘rsatgichlarini o‘rganish;

  3. Jarayonningagrotexnik me’yorlari va sifat ko‘rsatgichlarini tanlash;

  4. Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash;

  5. Agregatning foydalanish ko‘rsatgichlarini aniqlash;

  6. Agregatning laladagi xarakatlanish ko‘rsatgichlarini aniqlash;

  7. Dalani ishga tayyorlash;

  8. Ishlarni tashkil etish qoidalarini o‘rganish;

  9. Jarayon sifatini nazorat qilish, texnika texnika xavfsizligi, mexnat va tabiat muhofazasi tadbirlarini o‘rganish

  10. Xo‘jalikning mashina-traktor agregatlari va yoqilg‘i sarfiga bo‘lgan talablarni aniqlash.

  11. Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan samarali

  12. foydalanishni tashkil etish.

  13. Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat

  14. ko‘rsatish ishlarini tashkil etish.

  15. Xo‘jalikning mashina saroyi va neft mahsulotlarini saqlash

  16. shahobchasini loyihalash.

  17. Xo‘jalikdagi texnikalardan foydalanishning texnik-iqtisodiy

  18. ko‘rsatgichlarini aniqlash.

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem. guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.



Yüklə 297,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin