III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-modul. Mashina va agregatlardan ishlab chiqarishda foydalanish asoslari
1-mavzu. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda texnikalardan foydalanishning ahamiyati
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishning halq farovonligini oshirishdagi o‘rni. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish asoslari. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda bajariladigan ishlarning mexanizatsiyalash darajasi. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari.
2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlari va mashina-traktor agregatlarini umumiy tafsifi
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlari, asosiy tushunchalar va tariflar. Texnologiya, texnologik jarayon, ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish ishi tushunchalari. Ishlab chiqarish jarayonlarining turlari va tarkibi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish texnologiyalari. Namunaviy va amaliy texnologik kartalar. Qishloq xo‘jaligi va mashina-traktor agregatlari, asosiy qismlari. Agregatlarni tasnifi, asosiy ko‘rsatgichlari, xossalari va ularga qo‘yiladigan agrotexnik talablar.
3-mavzu. Agregatning xarakat tenglamasi
Traktorni qiya tekislikda yuqoriga ko‘tarilishida ta’sir etuvchi kuchlar. Traktorning ilashish kuchi va burovchi momenti, mashinaning tortish qarshiligi. Tortish kuchi balansi va uning tuzuvchilari. Agregatning harakat tenglamasi. Traktor dvigatelining samarali (effektiv) quvvati, traktorning quvvat muozanati. Traktor g‘ildiraklarining tuproq bilan ilashish koeffitsienti. Traktorni harakatlantiruvchi kuch chegaralari va uni oshirish yo‘llari.
4-mavzu. Ish mashinalarini foydalanish-texnologik xossalari
Qishloq xo‘jaligi mashinalarining foydalanish xossalari, Mashinaning agrotexnik, energetik, manevrchanlik, texnik, texnik-iqtisodiy va ergonomik ko‘rsatkichlari. Ishchi mashinalarning to‘liq va solishtirma qarshiliklari. Turli ish mashinalari tortish qarshiligini jarayonning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqligi. Paxtachilik mintaqasida qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mashina-qurollarining solishtirma tortish qarshiliklarining qiymatlari. Qishloq xo‘jaligi mashinalarining tortish qarshiliklarini tashkil etuvchi omillar va ularni kamaytirish tadbirlari.
Dostları ilə paylaş: |