VI. Fan bo‘yicha kurs loyihasi
Kurs loyihasi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Kurs loyihasining hajmi, rasmiylashtirish shakli, baholash mezonlari ishchi fan dasturida va tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Kurs loyihasini bajarish talabalarda fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
Kurs loyihasi uchun tahminiy mavzular:
Fermer xo‘jaligidagi mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishda traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga bo‘lgan talabni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish.
Fermer xo‘jaligi uyushmalarida bajariladigan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga bo‘lgan talabni aniqlash va MTPdan samarali foydalanishni tashkil etish.
Paxtachilik “Klaster” tizimi sharoitida paxta etishtirishda kerak bo‘ladigan MTP tarkibini maqbullashtirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish.
VII. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Horijiy davlatlar firmalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy traktorlarni texnik-foydalanish ko‘rsatgichlarini o‘rganish;
Tuproqqa asosiy va sayoz ishlov berishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va mashinalarning texnik – foydalanish ko‘rsatgichlarini o‘rganish
Ekinlar urug‘ini ekish va ko‘chat o‘tqazishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va mashinalarning texnik – foydalanish ko‘rsatgichlarini o‘rganish.
O‘simliklar qator orasiga ishlov berishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va mashinalarning texnik – foydalanish ko‘rsatgichlarini o‘rganish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ishtirib olishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va mashinalarning texnik – foydalanish ko‘rsatgichlarini o‘rganish
Ekinlarni tomchilab sug‘orish tizimlarining ishlab chiqarishda qo‘llash turlari va ularning tuzilishini o‘rganish
Zamonavoy traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik servis xizmati ko‘rsatish va tashxislash turlari, usullari va vositalarini o‘rganish
Mashina-traktor agregatlarini masofadan turib boshqarish tizimlarini o‘rganish.
Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini o‘rganish
“Aniq dehqonchilik” tizimini ishlab chiqarishga qo‘llashning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar prezentatsiyalar, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |