20-mavzu. Mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi va ishlab chiqarish qoidalari
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishning amaliy texnologik kartalarini tuzish. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarish uchun birlamchi ma’lumotlar. Xo‘jalik joylashgan mintaqaga xos texnologik xaritani tanlash. Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini tanlash. Mashina-traktor agregatlari va yonilg‘i sarfiga bo‘lgan talablarni aniqlash. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarish qoidalari. Ishning shartlari. Jarayonning bajarilishiga qo‘yiladigan agrotexnik talablar. Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash. Agregatdagi mashinalarning zarur sonini hisoblash. Dalani tayyorlash. Ish sifatni tekshirish. Texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi chora-tadbirlar.
IV-modul. Mashinalardan foydalanishning texnik taminoti
21- mavzu: Mashinalardan texnik foydalanishning nazariy asoslari
Mashinalarning holati - tuzukligi va buzuqligi, buzilish sabablari. Mashinalardan texnik foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlari. Puxtalik, ta’mirboplik, saqlanuvchanlik, umrboqiylik tushunchalari. Mashanalarning tafsifi va nosozliklar turi. Ishlanma, xizmat muddati, resurslari
Eyilishlar va uni o‘zgarish xarakteri. Mashinaning turli ish vaqtlarida eyilish kattaligining o‘zgarishi. Eyilish sur’atiga ta’sir etuvchi omillar. Ruxsat etilgan chekka eyilishlar.
22- mavzu: Mashinalarga texnik servis xizmati ko‘rsatish
tizimi
Firmaviy texnik servis xizmatini tashkil etish. Dilerlik faoliyatining asosiy tamoyillari. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalari marketingi. Texnik servisning turlari, usullari, Qishloq xo‘jaligi texnikalariga tavsiya etiladigan texnik xizmat ko‘rsatish turlari. Texnik xizmat ko‘rsatishlarning davrlari va ularda bajariladigan ishlarning turlari. Texnik xizmat ko‘rsatish strategiyalari. Texnik servisni rivojlantirish istiqbollari.
23 mavzu: Mashinalarni texnik tashxislash
Mashinalarni texnik tashxisi, turi va texnologiyasi. Maxsus tashxislash jihozlari va qurilmalari. Tashxislashda nosozlikni ogohlantirish, himoyalash va boshqarish tizimi. Mexanik, avtomatlashgan va intellektual tizimlar, ularni rivojlantirish istiqbollari.
Dostları ilə paylaş: |