O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


-mavzu. Agregatlar ish unumini ishlab chiqarishdagi ahamiyati



Yüklə 297,5 Kb.
səhifə5/11
tarix30.05.2022
ölçüsü297,5 Kb.
#60030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

9-mavzu. Agregatlar ish unumini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati. Mehnat samaradorligini oshiruvchi chora-tadbirlar - ishlarni mexanizatsiyalashtirish, mehnatni oqilona tashkillashtirish va jadallashtirish. Qishloq xo‘jalik agregatlarining ish unumi tushunchasi va birliklari. Ish unumini aniqlash nazariyasi va turlari.




10-mavzu. Agregat ish unumining turlari

Agregat haqiqiy ish unumini mohiyati va ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Agregatning qamrash kengligi, nazariy tezligi va smena vaqtidan foydalanish koeffitsientlari va ularni oshirish imkoniyatlari.


11-mavzu. Agregat ish unumin oshirish zaxiralari

Agregat ish unumini oshirishning asosiy zaxiralari. Agregatlar ish unumi darajasiga tashkiliy-xo‘jalik, texnikaviy, tashkiliy-texnologik va sotsiologik omillarning ta’siri.




12-mavzu. Texnologik jarayonlarni bajarishda agregatlardan foydalanish sarf – xarajatlari

Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda mehnat sarfi. Bevosita va umumiy mehnat sarflari, ularni kamaytirish yo‘llari. Energiya, yoqilg‘i va surkov moylari sarfi. Texnikalardan foydalanish hisoblarida foydali va to‘liq energetik sarflar. Zamonaviy traktorlar dvigatellarini energetik foydali ish koeffitsienti. YOqilg‘i va surkov moylari sarfi, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari. Pul mablag‘larining foydalanish sarf-xarajatlari.


II-modul. Agregatlarning texnik samaradorligi
13- mavzu: Agregatlar texnik samaradorligini asoslari

Agregatlar texnik samaradorligini ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Mashinaning maydon salohiyati, materiallar sig‘imi va o‘tkazuvchanlik qobiliyati bo‘yicha ish unumlari. Qishloq xo‘jalik agregatini texnikaviy samaradorligini mohiyati va ishlab chiqarishdagi o‘rni. Agregatning texnikaviy samaradorligi nazariyasi. Agregatning ish rejimi va parametrlari hamda dalaning o‘lchamlarini hisobga oluvchi koeffitsientlar va ularni oshirish yo‘llari.





Yüklə 297,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin