5-mavzu. Xarakatlanuvchi (mobil) energiya vositalarini
foydalanish xossalari
Agregatlarning foydalanish xossalari va ruxsat etilgan harakat tezliklari. Xarakatlanuvchi energetik vositalarining foydalanish xossalari. Agregatning maqbul va chekka ish yurish tezligi qiymatlarini aniqlash shartlari. Qishloq xo‘jaligi mashinalari bilan ishlaganda ruxsat etilgan harakat tezliklarini qiymatlari. Energetika vositalariga qo‘yiladigan agrotexnik talablar. Energetik vositalar shataksirashi, yurish qismini tuproqqa bosimi, yo‘l va agrotexnik tirqishlarini agrotexnik talablari. Tuproq zichlanishini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
6-mavzu. Agregatlarni tuzish (komplektlash)
Agregatlarni tuzish shartlari va tartibi. To‘g‘ri tuzilgan agregatga qo‘yiladigan talablar. Agregatlarni tuzishda analitik, grafik yoki grafik-analitik va elektron hisoblash mashinalari bilan hisoblash usullari. Analik usulni bajarish tartibi. Xaydov, oddiy tirkama, osma va yarim-osma, kompleks hamda quvvat olish validan yuritiladigan agregatlarni to‘liq qarshiliklari. Traktorning tortish kuchidan foydalanish koeffitsienti. Agregatning to‘g‘ri tuzilganligini baholash.
7-mavzu. Agregatlarni kinematikasi
Ishlov beriladigan maydon shakli va o‘lchamlarini agregatning foydalanish samaradorligiga ta’siri. Lalmikor va sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida dala o‘lchamlarining agregatning foydalanish samaradorligiga ta’siri. Agregat xarakatining belgilovchi o‘lchamlari. Agregat markazi, bo‘ylama bazasi, kinematik uzunligi va kengligi, agregatning chiqish uzunligi. Agregatning burilish radiusini ahamiyati. Agregatning eng kichik burilish radiusini aniqlash.
8-mavzu. Agregatning burilish va harakatlanish turlari
Agregatlarining burilish usullari. Agregatlarni 90 va 180 gradus hamda ixtiyoriy burchak ostida burilishlari. Agregatning burilish kinematikasi va kinematik o‘lchamlari – burilish uzunligi, kengligi, burilish yo‘lagining eni. Qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan agregatlarning burilish usullari va shakllari. Agregatarning xarakatlanish usullari. Doiraviy, bo‘ylama va dioganal burilishlar. Agregatlarning ish yo‘llari koeffitsienti. Xarakatlanish usuli va shaklini tanlash.
Dostları ilə paylaş: |