17
mustahkam zamin bo‗lib xizmat qiladi. Hammamizga bir haqiqat ravshan bo‗lishi
lozim: biz mavjud rivojlanish sur‘atlari bilan o‗z oldimizga qo‗ygan yuksak
maqsadlarga erisha olmaymiz. Bugun zamon o‗zgarmoqda, uning talabi,
oldimizga
qo‗yayotgan vazifalari tobora ortib bormoqda. Mana shunday murakkab sharoitda
«Sen - menga tegma, men - senga tegmayman» degan kayfiyat bilan ishlashning vaqti
o‗tdi. Biz «vaziyat yomon, vaziyat og‗ir» deb bahona qidirishga o‗rganib qolganmiz.
Lekin shu vaziyatni kim o‗zgartiradi, kim izga soladi,
degan savolni, keling,
o‗zimizga beraylik. Vaziyatni o‗zimiz, o‗z aql-zakovatimiz, mehnatimiz bilan
o‗zgartirmasak, hech kim chetdan kelib bu ishni biz uchun qilib bermaydi. Bugun bu
majlisda hamma narsa o‗z nomi bilan aytilib, iqtisodiyotimizdagi mavjud ahvol xolis
tahlil qilindi, kelgusi rejalar belgilab olindi. Eng muhim vazifamiz - mamlakatimizda
tinchlik
va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi
qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz avvalo biz-rahbarlarning faoliyatidan rozi
bo‗lishi kerak. Buning uchun har bir rahbar o‗z aravasini o‗zi tortishi, o‗z sohasidagi
ishlarning ahvoli uchun o‗zi shaxsan javob berishi kerak.
shundan keyin
jamiyatimizda o‗zgarish bo‗ladi, rivojlanish bo‗ladi.‖ Bundan tashqari O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2017 - 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishini amalga oshirish bo‗yicha
komissiyaning kengaytirilgan majlisi bo‗lib o‗tdi
4
.
Dostları ilə paylaş: