23
- uchinchi bozor (
third market), unda birja listingiga kirililgan qimmatli
qog‗ozlar belgilanmagan vaqtda birjada yoki birjadan tashqari savdoda oldi-sotti
qilinadi;
- to‗rtinchi bozor (
fourth market), unda institutsional investorlar qimmatli
qog‗ozlarni birjasiz va vositachilarsiz o‗zaro to‗g‗ridan to‗g‗ri savdosini amalga
oshiradilar. AQShda bunday bozor kompyuterlashtirilgan, masalan,
POSIT i
Crossing
Network savdo tizimlari yordamida.
11.6. Savdo maqsadlari bo‗yicha:
- «Buqalar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog‗ozlar kursini birjada ruhsat
etilgan doirada oshirilishi hisobiga spekulyativ o‗yinni amalga oshiradilar;
- «Ayiqlar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog‗ozlar kursini birjada ruhsat
etilgan doirada pasaytirish hisobiga spekulyativ o‗yinni amalga oshiradilar;
- «Quyonlar» bozori («Ko‗cha bozori» ham deb yuritiladi), unda yuqori riskli
birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq birjadan tashqari
operatsiyalar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: