28
Bazisiga ko‗ra: pul, valyuta, sug‗urta, tovar (jumladan hom ashyo), ko‗chmas
mulk, indeks, foiz stavka (kelajakdagi daromad), qimmatli qog‗oz bazisli
moliyaviy
instrumentlar.
Iqtisodiyotning u yoki bu subyektiga ko‗ra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari,
banklar-kredit muassasalari, sug‗urta tashkilotlari, birjalar,
nomoliya tashkilotlari
(korporativ) instrumentlari.
Chiqarilish muddati bo‗yicha: qisqa, o‗rta va uzoq muddatli moliyaviy
instrumentlar.
Milliyligi bo‗yicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy instrumentlar.
Iqtisodiy-huquqiy mazmuni bo‗yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda
hosilaviy bo‗lgan (bazis, muddat, huquq va majburiyatlarni mujassam-lashiruvchi)
moliyaviy instrumentlar.
Iqtisodiy-huquqiy hossalariga ko‗ra ikki guruhga ajratish mumkin: bazaviy va
bazisli moliyaviy instrumentlar. Bazaviy instrumentlarga ulush va qarz
munosabatlarini o‗zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan
tashqari) va emissiyalanmaydigan qog‗ozlar kiradi. Bazislilariga
esa derivativlar
(hosilaviy qimmatli qog‗ozlar) kiradi.
Chiqarilish va muomala chegarasi bo‗yicha: alohida mamlakat, region va
xalqaro miqyosda chiqariluvchi va muomalada bo‗luvchi moliyaviy instrumentlar.
Shaxslarga nisbatan cheklanishlar bo‗yicha: barchaga va cheklangan
shaxslarga sotiladigan moliyaviy instrumentlar.
Shakli bo‗yicha: maxsus blanklar ko‗rinishida
va elektron hisoblarda
(schyotlarda) yuritiluvchi moliyaviy instrumentlar.
Vazifalari bo‗yicha: subyektlarning ichki va tashqi iqtisodiy maqsad-
manfaatlarini qoniqtiruvchi moliyaviy instrumentlar.
Funksiyasi bo‗yicha: investitsion instrumentlar (qimmatli qog‗ozlar),
banklarning moliyalashtirish instrumentlari (kredit, depozit, seleng, plastik
kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish instrumentlari (sug‗urta
polislari), to‗lov instrumentlari (milliy va xorijiy valyuta,
xalqaro valyuta,
kvazivalyuta (psevdovalyuta), birja kotrovkasiga ega bo‗lgan valyuta sifatida
29
o‗tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.),
tovar taqsimlovchi instrumentlar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va
shu kabilar), garov qog‗ozlari, lotoreyalar.
Ro‗yxatdan o‗tkazilishi bo‗yicha: emissiyalanuvchi (aksiya, obligatsiya,
derivativlar) va emissiyalanmaydigan (bank
sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish
jarayonida qo‗llaniladigan vaucher va kuponlar, veksellar,
ombor guvohnomalari,
konosament, garov qog‗ozlari va h.k.) instrumentlar.
Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‗ra: davlat,
munitsipal va korporativ moliyaviy instrumentlar.
Egalik huquqini belgilash bo‗yicha: taqdim etuvchiga, egasini ismi yozilgan,
orderli moliyaviy instrumentlar.
Daromad turlariga ko‗ra: dividend beruvchi, belgilangan
va suzuvchi foiz
stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy instrumentlar.
To‗lov muddati bo‗yicha: spot va muddatli bozor instrumentlari.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, moliyaviy instrumentlar vaqt (jumladan, hayot
tsikli), fazoviy (muhit) va bozor xarakteristikalari bo‗yicha tavsiflash mumkinligini
ko‗rish mumkin.
Moliyaviy instrumentlarning fundamental hossalari ularning parametrlari (sifat
ko‗rsatkichlari) orqali ifodalanadi.
Keltirilgan tasnif hohishga va moliya bozorining hususiyatlariga ko‗ra
kengaytirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: