41
- bozor tendensiyasi yo‗nalishini prognoz qilish, taxnik tahlil usul-lari
yordamida bozor holatini bashorat qilish uchun qulay va yaxShi vosita bo‗lishi;
- turli milliy fond bozorlarida yirik strategik investitsiyalar qilish bilan
shug‗ullanadigan investorlarga aynan qaysi bir mamlakat bozoriga qaysi vaqtda o‗z
sarmoyalarini yo‗naltirishi mumkinligi to‗g‗risida tegishli qaror qabul qilishi uchun
yordam berishi;
- risklarni
na faqat bozor doirasida, balki uning alohida ko‗rsatkich-lari
(masalan, foiz stavkalari) bo‗yicha xedjirlash maqsadida fyuchers va opsion
shartnomalar uchun vosita bo‗lib xizmat qilishi;
- ―ishonchlilik-daromadlilik‖ toifalarida qimmatli qog‗ozlarning optimal
portfelini shakllantirish va samarali boshqarishda qaror qabul qilish uchun asos bo‗lib
xizmat qilishi;
- indeks yordamida ifodalanuvchi fond boyliklari bilan yoki ularning o‗hShash
(korrelyatsiyalanuvchi) bozorida ishlovchi treyder (yoki portfel boshqaruvchisi va
h.k.) olishi lozim bo‗lgan daromadning minimal bazaviy miqdorini ko‗rsatishi;
- muayyan kompaniyalar boshqaruvchilarining ish sifatini tarmoqlar va
umuman bozor bo‗yicha o‗rtacha qiymatlari sifati bilan solishtirma baholash vositasi
bo‗lib xizmat qilishi;
- indeks portfelida keltirilgan instrumentlar muomalada bo‗luvchi mamlakat
bozorida uni tartiblashtiruvchi organlar
faoliyatini tavsiflashi, iqtisodiy holat va
investitsion muhitni aks etishi kerak.
Fond indekslari ularni birjada yoki birjadan tashqari (nobirjaviy) bozorda
qo‗llanilishiga qarab, mos ravishda birja indekslari va birjadan tashqari bozor
indekslari bo‗lishi mumkin.
Indekslar qimmatli qog‗ozlar turini tanlashga bog‗liq bo‗lgan, ularni hisoblab
topishda qo‗llaniladigan ma‘lumot bo‗yicha, umuman qimmatli qog‗ozlar bozori,
qimmatli qog‗ozlar turlarining guruhlari bozori, iqtisodiyotning qandaydir tarmog‗iga
oid qimmatli qog‗ozlar bozori holatini ifodalashi mumkin. Bu indekslar tendensiyasi
dinamikasini solishtirish u yoki bu tarmoq holatini umuman iqtisodiyotga nisbatan
qanday o‗zgarishini ko‗rsatishi mumkin.
42
Indekslar axborot agaentliklari va fond birjalari tomonidan hisoblab topiladi va
muntazam ochiq ravishda chop etilib boriladi.
Indekslar moliyaviy instrumentlarning turli
hillari uchun ishlab chiqilgan,
masalan, aksiyalarga, qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli
qog‗ozlarga, xorijiy valyutalarga va h.k. Ularning ichida aksiya indekslari eng
nomdorlisi hisoblanadi.
Fond indekslarining ko‗p qismi ikki guruhdan biriga, ya‘ni kapita-
lizatsiyalashgan va narxli indekslarga, mansubdir.
Kapitalizatsiyalashgan indekslar kompaniyalarning
umumiy kapitali-zatsiya
darajasini o‗lchaydi. Ularni hisoblab topishda kompaniyalarning aksiyalari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar qo‗llaniladi. Indeksning hisoblab topilgan qiymatlari
ma‘lum bir bazaviy sanaga nisbatan me‘yorlash-tiriladi.
Ta‘kidlash joizki, kompaniyaning kapitalizatsiyasi deganda, uning
muomaladagi aksiyalari sonini bozor bahosiga ko‗paytmasi tushuniladi.
Kapitalizatsiyalashgan indekslarga
Standard and Poor‟s (
S&P-500, S&P-400),
Nyu-York fond birjasining yig‗ma va boshqa shu kabi indekslari kiradi. G‗arb
mamlakatlari qimmatli qog‗ozlari bozorining ko‗pchilik indekslari shu toifaga
mansub.
Narxli
indekslar, yoki boshqacha qilib aytganda, narxga mutanosib
vaznlashtirilgan indekslar. Ular indeksning bazaviy ro‗yhatiga kirgan kompaniyalar
aksiyalarining o‗rta arifmetik bahosi ko‗rinishidagi formula asosida hisoblanib
topiladi. Bunday indekslarga, masalan, Dou Djons (
Dow Jones)
sanoat va boshqa
turdagi indekslari, indeks Tokio fond birjasi indeksi –
Nikkei-225, Amerika fond
birjasining asosiy indeksi –
AMEX va shularga o‗hShash boshqa indekslar.
Hozirda indekslar derivativlar uchun bazis aktiv sifatida qo‗llanil-moqda (Dou
Djons sanoat indeksidan tashqari, chunki u «
Dow Jones & C
o
» kompaniyasi
tomonidan bu maqsadlarda, ya‘ni fyuchers va opsionlar bazisi sifatida, taqiqlangan).
Bunday bazisli derivativlar qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilariga turli
investitsion strategiyalarni
amalga oshirish, operatsiyalarni xedjirlash, spekulyativ
o‗yinlarda faol ishtirok etish va h.k. imkoniyatlarini beradi.