44
kelib chiqqan funksiyaning natijasiga teng. Masalan, bazaviy formula sifatida
o‗rtacha vaznlashtirilgan arifmetik qiymat tanlab olinsa,
vaqtning har bir
momentidagi indeks = summa RxV/summa V. Bunda: R – indeks listingiga kiritilgan
barcha aksiyalar narxi; V – ularning (aksiyalarning) vazn koeffitsienti; x –
ko‗paytiruv belgisi; / - bo‗luv belgisi.
Agar vazn koeffitsientlari 1 (birga) teng bo‗lsa,
unda Dou Djons indekslarini
hisoblash bilan bog‗liq holatni ko‗rishimiz mumkin, ya‘ni bunda indeks listingga
kiritilgan barcha aksiyalar narxlari summasini listingdagi aksiyalar soniga bo‗lgan
bo‗linmasiga teng. Indeks hisoblanganidan keyin ko‗pincha uni muvofiqlashtiruvchi
koeffitsientga ko‗paytiriladi (yoki bo‗linadi).
2) ―
Indeksli hisoblash metodikasi‖. Ushbu metodika bo‗yicha vaqtning har bir
davridagi (momentidagi) virtual portfelning jami bahosi
aksiyalar kotirovkalaridan
shu vaqtning momentida (davrida) kelib chiqqan funksiyasi deb hisoblanadi. Olingan
qiymatni shunga o‗hShab indeksni hisoblashning boshlang‗ich vaqtiga bo‗lgan
davrga olingan virtual portfel bahosiga bo‗linadi va uni oldinggi qiymatiga
ko‗paytiriladi (yoki portfelning oldingi qiymatiga bo‗linadi va indeksning oldingi
qiymatiga ko‗paytiriladi). Indeksning qiymatini muvofiqlashtirish
uchun shunga
o‗xShash metodika qo‗llaniladi.
Indikator qaysi metodika bo‗yicha hisoblanishidan qat‘iy nazar, agar u mavjud
fond indekslari ta‘riflarga to‗g‗ri kelsa, unda u fond indeksi deb nomlanishi lozim.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda shakllangan indeks hisoblanishining umumiy
metodikasi uning boshlanishida taklif etilgan metodikadan kam farqlanadi. Biroq
barcha indekslar o‗zlariga xos bo‗lgan xususiyatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: